AQSh saylovi: Nomzodlarning oxirgi murojaati

Tramp va Klinton
Сурат тагсўзи, Tramp va Klinton
Published

Saylovlardan bir kun oldin Hillari Klinton va Donald Tramp oxirgi ovozlarni qo'lga kiritish uchun Amerika bo'ylab safarlarini davom ettirdilar.

Ikkovi ham haqiqiy kurash sahnasi deya bilingan Shimoliy Karolina, Pensilvaniya va Michigan shtatlarida saylovoldi yig'inlarini o'tkazishdi.

Klinton xonim saylovchilarni "umidbaxsh, hammani o'z ichiga oladigan, bag'rikeng Amerika"ga ovoz berishga chaqirsa, janob Tramp o'z tarafdorlariga "korruptsiyaga botgan tizimni yengishdek ajoyib imkoniyat tug'ilgan"inini aytdi.

So'rovlarga ko'ra, demokrat Klinton xonim respublikachi Trampdan 4 ochko oldinda ketyapti.

Misli ko'rilmagan darajada ko'p amerikaliklar - 46 milliondan ko'proq - pochta orqali yoki ovoz berish shoxobchalarida vaqtli ovoz berishgan.

Klinton xonimga ko'proq yonbosadigan lotin amerikalik saylovchilar bu safar saylovda faolroq qatnashishlari kutiladi.

Yarim tun tushgach, raqiblar o'zlarining yakuniy yig'inlarini o'tkazishdi. Janob Tramp Michigandagi Grand Rapids, Klinton xonim esa Shimoliy Karolinadagi Raleyda o'z tarafdorlari qarshisida chiqish qilishdi.

Mazkur saylovoldi jarayoni haqoratlar va shov-shuvli mojarolarga to'la bo'ldi.

Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida yulduzlar ishtirokida o'tgan tadbirda Klinton xonimga Bryus Springstin va Jon Bon Jovi kabi mashhur qo'shiqchilar, turmush o'rtog'i Bill, hamda Prezident Obama va rafiqasi Mishel hamrohlik qilishdi.

Ayni shtatdagi Skranton shahridagi tadbirda esa janob Tramp o'z kampaniyasi oldinda ekaniga ishonishini aytdi.

Saylovning natijalari chorshanba kuni London vaqti bilan 04:00da e'lon qilinadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring