"Tramp g'alaba qilca AQSh dollari qadrsizlanadi"

Birja
Published

AQShda saylov natijalari birin-ketin e'lon qilinarkan, dollar yevroga nisbatan 2 foizga qadrsizlangan.

So'nggi paytlarda keskin tushib ketgan Angliya funt-sterlingi ham 1 foizga ko'tarilgan.

Dollar yapon ieni va Shveytsariya frankiga nisbatan ham 3 va 2 foizga tushgan.

AQSh valyutasi va hissa bozorlaridagi narxlarning tushib ketishi respublikachi nomzod Donald Trampning g'alaba qilayotgani haqidagi xabarlar manzarasida kuzatilmoqda.

Blumberg agentligining yozishicha, Trampning ehtimoliy g'alabasi haqidagi yangilik jahon birjalarida vahimaga sabab bo'lgan.

Osiyoning barcha birjalarida narxlar qulagan.

Yaponiyaning Nikkei indeksi 4 foizga tushgan.

O'z navbatida bu vahima "himoyachi aktivlar", jumladan, AQSh obligatsiyalariga bo'lgan talabni oshirib yuborgan.

Iqtisodchilarga ko'ra, Trampning g'alabasi moliya bozorlaridagi narxlar nisbatini jiddiy o'zgartirishi mumkin.

Bashoratchilarga binoan Tramp g'alaba qilgani taqdirda AQSh dollari dunyoning yetakchi valyutalariga nisbatan jiddiy qadrsizlanadi.

Ammo ayni paytda dollar rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalariga nisbatan ko'tarilishi kuzatiladi.

Jumladan, Meksika pessosi hozirning o'zida tushib ketgan.

Tahlilchilarga ko'ra, sarmoyadorlar risk baland bo'lgan aktivlardan qutulishga harakat qiladilar va neft hamda boshqa xomashyolar narxi tushib ketadi.

Natijalar Toshkent vaqti bilan ertalab soat 9 da ma'lum bo'la boshlaydi.

BBC O'zbek xizmati Amerikadagi prezidentlik saylovini jonli yoritib boradi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring