Video - Tramp $1 dollarga ishlashga rozi

Сурат манбаси, COURTESY
Amerikaning yangi saylangan Respublikachi prezidenti Donald Tramp $400.000 dollarlik prezidentlik maoshidan voz kechishini bayon qilgan.
Faqat rasmiyatchilik uchun yiliga $1 AQSh dollari olishga rozi ekanini aytgan.
Donald Tramp o'zining saylovoldi kampaniyasi chog'ida e'lon qilgan bu rejasini CBS televizion kanalining "60 daqiqa" ko'rsatuviga bergan suhbati chog'ida yana bir bor takrorlagan.
Ammo suhbat jarayonida janob Trampning, hatto, AQSh prezidenti yillik maoshi miqdoridan bexabar ekani ham oshkor bo'lgan.
Ko'rsatuv olib boruvchisi Lesli Shtalning eslatmasi ortidan ham, Respublikachi yangi prezident, "Yo'q, men bu maoshni olmayman. Olmayman", - deya takroran bayon qilgan.
O'zining shu yil sentyabr oyidagi saylovoldi kampaniyasi chog'ida esa, Donald Tramp "maosh, deb bosh qotirib o'tirmasligi"ni aytgandi.
Ammo, eng so'nggida ta'kidlash joiz, janob Tramp bu kabi qarorga kelgan birinchi AQSh prezidenti emas.
Bungacha shaxsiy mol-mulklari ozmuncha bo'lmagan Gerbert Guver va Jon Fitsjerald Kennedilar ham o'zlarining prezidentlik maoshlaridan voz kechib, uni xayr-ehson maqsadlariga sarf qilishgan.
- BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBC UZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring






























