Video - Bobosining qotilini topgan Denis
Denis Karadogin 30-yillar qatl etilgan bobosining qotilini 5 yil izladi.
1930 yillar qatag'onlarida SSSRda 100 minglab insonlar qatl etilgan.
Ular siyosiy ayblovlar bilan qatl etilgan. Ammo aksari aybsiz edi.
Denis Karadoginning bobosi ham qatl etilgandi.
U bobosining qotilini 5 yil izladi.
"Bobomning 37- yil 1 dekabrda hibsga olinganidan beri oilamiz unga nima bo'lganini bilishga harakat qilib kelishgan. Men ham buni topishga urindim".
Yaqinda Denis rasmiylardan bir maktub oldi...
Unda qatl haqidagi hukm bilan qotilning ismi ham bor edi.
"Men Stalin boshchiligidagi Politbyurodan tortib, eng quyi tashkilotgacha izladim. Qatl Tomskda ijro etilgan. Qonunan hujjatlar tasdiqlangan va qo'limda ular bor".
Denisning ishonishicha, bobosining jasadini shu yerga tashlashgan.
Izlanishlari haqida yozgan blogiga yaqinlaridan ko'plab maslahatlar kelib tushdi.
Bir necha kun avval esa qotillardan birining nabirasidan noma oldi.
U bobosi nomidan uzr so'rab, rossiyaliklarning hammalari o'tmishdagi xatolarini tan olishlari kerakligini aytgan.
BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring