Turkiyada 118 kurdparast siyosatchi ushlandi

Сурат манбаси, Kursat Bayhan/Getty Images
Turkiya politsiyasi Kurdlarning Xalq Demokratik Partiyasi (XDP) saflaridan kurd jangarilarga aloqasi bor deb ko'rilgan 118 siyosatchisini qo'lga oldi.
Davlat matbuoti xabar qilishicha, ular Kurd Ishchilar Partiyasi (PKK)ga a'zolikda gumon qilinib yoppasiga hibsga olinishdi.
Ikki kun avval Istanbuldagi futbol stadioni yaqinida yuz bergan qo'shaloq portlashda 44 odam halok bo'ldi.
Turkiya parlamentida chiqish qilgan Sog'liqni saqlash vaziri Rajab Aqdag' halok bo'lganlarning 36 nafari politsiyachilar bo'lganini aytdi.
PKKning bir qanoti bo'lmish TAK kurd jangari guruhi bayonot chiqarib, hujumlar uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga oldi.
Prezident Erdo'g'on yakshanba kuni muxbirlarga gapira turib, hujumchilarga bu amal "qimmatga tushish"ini aytdi.
Dushanba tongida amalga oshirilgan hibslar shanba kungi hujumga qanchalar aloqador ekani noma'lum.
Istanbul va Anqarada kamida 37 kishi hibsga olingan, Turkiyaning janubiy va g'arbiy viloyatlarida ham hibslar bo'lgan.
O'tgan oy XDPga a'zo 10 deputat, jumladan raisdoshlar Selahiddin Demirtash va Figen Yuksekdag' hibsga olinishi xalqaro tanqidlarga sabab bo'lgandi.
Ayni damda Bryusselda Evropa Ittifoqining vazirlari bilan uchrashuvi oldidan gapirgan Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastian Kurts Evropa Erdo'g'onning muxolifatga qilayotgan bosimidan ko'zini olib qochmasligi kerakligini aytdi.
"Oxirgi bir necha yil ichida Turkiya Evropadan tobora ko'p uzoqlasha boshladi va bu o'tgan bir necha oy ichida yanada tezlashdi. 100 mingdan oshiq odam hibsga olingan", - dedi u.
BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring






























