Video - Yevropa sigiri va ozariy fermer mojarosi

Видео тагсўзи, Anʼanaviy qadriyatlarda yangicha hayvon turiga joy bormikan?
Published

Yosh rejissyor Imom Gasanovning "Muqaddas sigir" filmida Ozarbayjonning togʻli qishloqlaridan birida oilasi bilan yashaydigan odam haqida hikoya qilinadi.

U Yevropadan zotdor sigir sotib olishni niyat qiladi, ammo har qanday yangi narsaga qarshi chiquvchi oqsoqollar buni man etishadi.

Jamiyatdan chetlatib qoʻyilishidan choʻchimay, film qahramoni baribir oʻz orzusini amalga oshiradi.

Anʼanaviy qadriyatlarda yangicha hayvon turiga joy bormikan?

Mazkur film bir necha xalqaro film festivallari, jumladan Asterdamdagi IDFA, Torontodagi Hot Docs, Pragadagi One World festivallarida namoyish etildi.

Rejissyor bilan BBCning ozariy xizmati muxbiri Gunel Safarova suhbat qildi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring