Bosh vazir virtual qabulxonasi prezidentga oʻtdi

Сурат манбаси, Screenshot
Islom Karimov oʻlimidan keyin uning vorisi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkil qilingan virtual qabulxona yana tashabbuskoriga qaytgan.
300 mingdan ortiqroq arizalar yoʻllangan Bosh vazir virtual qabulxonasini yana Shavkat Mirziyoyev nazorat qiladi.
Xabarlarga koʻra, endilikda virtual qabulxonaga yana bir nom berilgan.
Bu nom esa qabulxonaning internet adresidan paydo boʻlgani aytilmoqda.
"Prezidentga murojaat" aslida internet adresning birinchi boʻlimi - PM harflariga bogʻliq boʻlib, toʻliq manzil pm.gov.uz deb koʻrsatilgan.
Virtual qabulxona tashkil qilinganidan beri uch oy oʻtar ekan, Toshkentdagi jurnalistlardan biriga koʻra, garchand "tepaga" arz qilganidan keyin ishi bitganlarni uchratish oson boʻlmasa ham, ayni mavzu xal orasida hazilga aylanib ulgurdi.
"Avtobus kechiksa, dorixonada kerakli dori topilmasa, bozorda narxga tortishib tursangiz va yo boshqa holatlarda kimdir, albatta shu virtualni gapirib qoladi. Virtualga bervoraman, virtualga yozvoraman, degan hazilnamo luqma tashlab qoʻyadi", deydi jurnalist.
Xalq bilan...virtual muloqot yilimi?
Prezident Mirziyoyevning virtual qabulxonasi, 2017 yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili", deb eʼlon qilishi Oʻzbekistondagi katta-kichik rahbarlarni ancha "jonlantirib" qoʻygan.
Yaqinda Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Adham Ahmadboyev ham oʻzining virtual qabulxonasini ochgan.
"Qabulxonalarni virtuallashtirish yoʻli "xalq bilan muloqot" degan balandparvoz vaʼdaga mos tushmaydi. Qarang, har bir viloyat, tuman hokimi endi mana shunaqa virtual qabulxona bilan oʻzini yana ham ihotalab olishi mumkin. Tirik va jonlik muloqot, xalq orasida kirib borishdan qochadigan rahbarlar uchun bu virtuallik-ayni muddao", deydi toshkentlik jurnalist.
"Virtual qabulxona hal etayotgan har bir ish haqida hisobot berilishi kerak. Militsiyaning zoʻravonligidan arizalar tushdimi? Chiqing, virtualmi, raqamlimi va yo jonlimi, xalqqa ayting! Nafaqat arizalar sonini, balki qanchasini hal qilganingizni, qancha zoʻravon yo poraxoʻr militsiyani ishdan olganingiz, mahkamaga tortganiningizni koʻrsating".
Virtual qabulxonalar orasida eng mashhuri Shavkat Mirziyoyevga tegishli ekani sir emas, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, arizalar soni soat sayin koʻpayib bormoqda.
Prezident Mirziyoyev virtual qabulxonasini "qaytarib" olar ekan, Bosh vazir Abdulla Aripov ham oʻziga yangi qabulxona ochish-ochmasligi esa nomaʼlum.
Qonuniymi yoki?..
Prezidentning virtual qabulxonasi web sahifasidagi eʼlonda "hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar" boʻyicha, toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 3 xil usulda yetkazish mumkinligi haqida yozilgan.
"Murojaatingizni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 3 xil usulda: qoʻngʻiroq qilish, murojaat yuborish yoki O'zLiDeP hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin. murojaat yuborish yoki O'zLiDeP hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin", deyiladi.
Ammo Oʻzbekiston qonstitutsiyasi boʻyicha prezident hech bir partiyaning aʼzosi boʻlolmaydi.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring






























