Video - Rossiya va Oʻzbekistonning Turkiyadagi buyurtma qotilliklarga aloqasi bormi?

Buxoriyning oʻldirilishi
Сурат тагсўзи, Buxoriyning oʻldirilishi
Published

Soʻnggi vaqtlar Turkiyada asli kelib chiqishi sobiq ittifoq davlatlaridan boʻlgan bir necha shaxs oʻldirib ketildi.

Bu qotilliklarni rossiyaliklar amalga oshirgani borasida baʼzi dalillar oʻrtaga chiqdi.

Ana shunday holatlardan birida qotillik sodir etilgan joyda hatto shaxsiy hujjatlar, fotosuratlar va USB xotira uskunasi ham qoldirib ketilgandi.

Rossiyaning Chechenistondagi urushlaridan qochib Turkiyaga kelgan chechenlar soni boʻyicha aniq maʼlumotlar yoʻq.

Ammo ayrimlar yuzlab, boshqalar esa minglab chechenlarning Turkiyadan boshpana topganlarini aytishadi.

Soʻnggi paytlar Turkiyada Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatining muxoliflari deya koʻrilgan shaxslar ham oʻldirib ketildi.

BBC uchun ana shu buyurtma qotilliklardan ayrimlari tadqiq etgan Murad Batal Shishaniy oʻz izlanishlari haqida film tayyorlagan.

"Istanbuldagi qotillik" filmining qolgan qismlari ham BBCUZBEK ning YouTube kanalida nashr qilinadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring