Qirg‘iz Prezidenti O‘zbekistonga safarini boshladi

Сурат манбаси, Qirg'iziston Prezidenti matbuot xizmati
Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambayev O'zbekistonga safarini boshladi.
Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar qilishicha, janob Atambayev yangi Prezident Mirziyoyev bilan uchrashgan va Samarqandda marhum Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan.
Bu Qirg'iziston Prezidentining o'tgan 8 yil asnosida O'zbekistonga ilk rasmiy safaridir.
Prezident Atambayevning tashrifi 2010 yil Qirg'izistonda yuz bergan etnik xunrezliklar hamda chegara mojarolari ortidan ikki o'rtada yuzaga kelgan sovuqchilikning iliyotgani alomati sifatida talqin topmoqda.

Сурат манбаси, Qirg'iziston Prezidenti matbuot xizmati
Qirg'iz rasmiylari davlat rahbari O'zbekiston yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan "kun tartibidagi barcha mavjud muammolarni"ni muhokama qilishi haqida xabar berishdi.
"... Bundan oldin Qirg'iz prezidentlarining O'zbekistondag ish safarlari faqat xalqaro tadbirlar, jumladan, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, MDH va boshqa mintaqaviy guruhlar yig'inlari doirasida kechgan", deb aytgan janob Atambayevning matbuot kotibi Sapar Isakov.
Ayni paytda Atambayev Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan buyon O'zbekistonga tashrif buyurgan ilk xorijiy davlat rahbari hamdir.
Islom Karimov vafotidan buyon o'nlab davlat rahbarlari O'zbekistonning birinchi prezidentiga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandga tashrif buyurgan va muzokaralar ham Samarqandda kechgan.
Atambayev Islom Karimovning dafn marosimida qatnashmagandi.
Muammoli munosabatlar

Сурат манбаси, Qirg'iziston Prezidenti matbuot xizmati
Karimov davrida O'zbekistonning Qirg'iziston bilan munosabatlari muammoli bo'lib kelg
Bunga Bishkekning suv-energetika loyihalari va chegaradagi bahsli hududlar sabab bo'lgan.
Mirziyoyev o'zbek-qirg'iz chegarasidagi O'ng'ortepa bahsli hududidagi ziddiyatni yechgan va Qirg'iziston bilan chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezlashtirgan.
O'zbekistonning yangi Prezidenti qo'shnilar bilan aloqalarni tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishi deb e'lon qilgan.
Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiringan.






























