Izmirdagi Islom Karimov koʻchasida portlash va otishma

Turkiyaning Izmir shahridagi mahkama binosi oldida yuz bergan portlash va otishmada ikki hujumchi, bir politsiyachi va bir mahkama xodimi halok boʻlgan.
Xabarlarga koʻra, Islom Karimov koʻchasi boʻylab mashinada kelgan qurolli shaxslar mahkama binosiga kirishga kirishga uringan, oʻt ochgan va mashinani portlatgan.
Turk rasmiylari hujumda kurd boʻlginchilarini ayblaganlar.
Hujumchilardan birining hodisa joyidan yashirinishga muvaffaq boʻlgani aytiladi.
Portlashda kamida 10 kishi jarohatlangani aytiladi.
Suratlarda yonayotgan ikki mashina va qurol koʻtargan bir kishi aks etadi. Xabarlarga koʻra, uchinchi hujumchi qidirilmoqda.
Izmir hokimi Erol Ayyildizning aytishicha, hujumchilar Kalashnikov avtomatlari va granatalar bilan qurollangan boʻlgan.
Turkiya Bosh vazirining oʻrinbosari Veysi Kaynakka koʻra, qurolli shaxslar kattaroq hujumni rejalashgan edi.
"Qoʻlga kiritilgan qurol-aslahalar kattaroq miqyosdagi hujumning rejalanganini koʻrsatmoqda", - deb aytgan turk hukumati rasmiysi.

Сурат манбаси, AFP
Hozirga qadar portlash uchun masʼuliyatni hech kim zimmasiga olmagan.
Soʻnggi oylarda Turkiyaning yirik shaharlari qurolli hujum va portlashlarga sahna boʻlgan.
Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klubda yuz bergan hujum 39 insonning hayotiga zomin boʻlgan.
Hujum bilan aloqadorlikda turk politsiyasi Izmirda ham reydlar oʻtkazgani xabar qilinadi.
Ammo Izmirdagi hujumning bu reydlarga aloqasi bor-yoʻqligi hozircha nomaʼlum.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring






























