Isroil askarlari ustiga yuk mashinasi haydaldi

Сурат манбаси, AFP
Quddusda askarlar ustiga haydalgan yuk mashinasi kamida 4 zobitni halok qilgan, 13 nafarini yaralagan.
Rasmiylarga koʻra, haydovchi otib oʻldirilgan.
"Bu - terror hujumi" - degan Isroil radiosiga gapirgan politsiya voizi.
Isroil radiosi "koʻchada jasadlar sochilib yotgani" haqida xabar bermoqda.
Ayrim mahalliy xabar agentliklarining yozishicha, ayni hujumda uch nafar askar oʻldrilgan.
Hujum Quddusning Eski Shahar qismida, odam gavjum payti sodir etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa old oynasi oʻqdan ilma-teshik boʻlgan yuk mashinasi rasmlari qoʻyilgan.
Bir necha hafta oldin Berlinda ham yuk mashinasini odamlar ustiga haydagan hujumchi 12 inson umriga zavol boʻlgandi.
Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring































