Video - Kipr mojarosini tushunmoqchi boʻlsangiz
Kipr mashmashasi zamonamiznang eng davomli mojarolaridan biridir.
40 yildan ortiqki orol ikkiga boʻlingan.
Tarixan Oʻsmonlilar va Britaniya hokimiyatlaridan soʻng Kipr 1960 yili mustaqil boʻlgandi.
Biroq yunon va turk jamoalari orasida hokimiyat boʻlishuvi ish bergani yoʻq.
1974 yili Afinadagi harbiy xunta Kiprda toʻntarish yasaydi.
Aksar aholisi yunonlardan tashkil boʻlgan orol Gretsiya qaramogʻiga oʻtadi.
Turkiya orolning turk aholisini qoʻriqlab, ishga aralashadi.
Turkiya orolning shimol qismiga askarlar kiritib, oʻn minglab odamlar qochqinga aylanadi.
Orolni birlashtirish urinishlari 2004 yilning referendumida aks etgan.
Turk tarafi BMT homiyligidagi bitimga koʻnadi, biroq Kipr yunonlari unga qarshi chiqishadi.
Jenevadagi muzokaralar bu mojaroga barham berish urinishlaridan soʻnggisidir.
Afsuski, Nikoziya shahri dunyoda ikkiga boʻlingan yagona poytaxt boʻlib qolmoqda.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring