Islomiy Davlat oʻz hududining choragini yoʻqotdi

Сурат манбаси, AFP
Britaniyadagi IHS Markit tahliliy markaziga koʻra, Islomiy Davlat jangari guruhi 2016 yilda Iroq va Suriya ishgʻol qilgan hududlarining bir choragini qoʻldan boy bergan.
Mutaxassislarga koʻra, jihodchilar deyarli 18 ming kvadrat kilometrga teng yerlarini tashlab chiqishgan.
Hozirda ularning qoʻli ostida 60,4 ming kvadrat kilometrga teng hudud qolmoqda.
Demak, ularga koʻra, 2016 yilda ID oʻz hududlarining 23 foizini yoʻqotgan. Bir yil avval esa bu koʻrsatkich 14% edi.
"ID 2016 yilda misli koʻrilmagan yoʻqotishlarni boshidan kechirdi. Xususan, uning uchun juda muhim sanalgan hududlar qoʻldan boy berildi", - deydi IHS Markit tahlilchisi Kolumb Strek.
Ammo, ID oʻtgan yil dekabrida Palmirani yana qayta egallab olishganini tahlilchi "Assad kuchlari bu vaqtda Halab bilan mashgʻul boʻlishgan"i bilan izohlaydi.
Ayni damda, Strekka koʻra, Iroq armiyasi Mosulning sharqiy tumanlarini ozod qilishda muntazam ravishda ilgarilab boryapti.
"Bizning bashoratimizga koʻra, Iroq hukumati qoʻshinlari joriy yilning birinchi yarmida Mosulni qayta qoʻlga kiritadi", - deydi Strek.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring






























