Video - "Oʻzbek madaniyatini targʻib qilishga urinayapmiz"

Hakim Gʻaniyev
Сурат тагсўзи, Hakim Gʻaniyev geni oʻzgartirilgan mahsulotlar koʻpayishidan xavotirda ekani haqida gapiradi
Published

"Oʻzbek xalqining urf-odatlarini taomlari orqali koʻrsatib, targʻib qilyapman", deydi oʻzbek taomlari boʻyicha eng taniqli oshpaz-mutaxassis Hakim Gʻaniyev.

Hakim Gʻaniyev koʻp yillardan beri Moskvada yashab faoliyat qiladi. U Oʻzbekiston Oshpazlar Uyushmasi faxriy aʼzoci, oʻzbek taomlariga oid qator kitoblar, Rossiyada namoyish qilingan telekoʻrsatuvlar muallifi hamdir.

Hakim Gʻaniyev anʼanaga aylangan "Palov kulti" xayriya festival tashkilotchisi boʻlib, unga koʻra, bu tadbirlarning barchasi oʻzbek madaniyatini tanitishga qaratilgan.

"Festivalga qanchadan-qancha odamlar kelyapti. Biz tushgan pullarni Rossiyadagi nogiron bolalar yoki nogiron keksalar beryapmiz", deydi u.

"Uch-toʻrtta oʻzbek restoranlari bor. Bugungi sotilmay qolgan noni, somsasi, mantisini ertasiga sotmasdan, ertalab 8 gacha atrofdagi nafaqaxoʻrlar, yolgʻiz qolgan qariyalarga yedirishyapti".

Hakim Gʻaniyev norinu lagʻmon tayyorlab ikki bor Ginness kitobigan ham kirgandi.

BBCUZBEK bilan suhbatda asli margʻilonlik oshpaz tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaluvchi, qariyb unutilayozgan oʻzbek taomlari, bugun ovqatlanish madaniyati qanchalar oʻzgarib borayotgani hamda geni oʻzgartirilgan mahsulotlar koʻpayishidan xavotirlari haqida gapiradi.

"Albatta, bu jarayon meni xavotirga soladi. Ikki qadam "Makdonalds"ga kirib ovqatlanishga qoʻrqaman. Hozir qayerga borib goʻshtni olasiz. Doʻkonga borib ham goʻsht olishga qoʻrqaman. Bozordan goʻsht tanlab, avval hidlayman, goʻshtning hidi kelayotgan boʻlsa, olaman", deydi u.

BBCUZBEK bilan Hakim Gʻaniyev bilan Moskvadagi "Turkiston" choyxonasida uchrashgan.

Taniqli oshpaz bilan suhbat BBCUZBEK ning YouTube kanalida.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring