Grin-karta egalari AQShga kira oladi

Сурат манбаси, YouTube
Fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan 7 musulmon davlatidan grin-karta egalari Amerikaga bemalol safar qilishlari mumkin.
Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Shon Spayser maʼlum qilgan.
AQSh Prezidenti Donald Tramp 27 yanvar kuni imzolagan farmonga muvofiq, 7 musulmon davlatlari fuqarolarining Qoʻshma Shtatlarga kirishi 90 kunga taqiqlangan.
Shuningdek, qochqinlarni qabul qilish dasturi 120 kunga toʻxtatilgan.
Trampning farmoni Amerika boʻylab koʻp sonli norozilik chiqishlariga sabab boʻlgan.
Farmonning eng ziddiyatli jihatlaridan biri unda grin-karta egalarining kirishi ham taqiqlangani edi.
Vaholanki, grin-karta AQShda doimiy yashash huquqini beradi.
Keyinroq Oq Uy grin-karta sohiblari vizasiz kirish dasturi doirasida 90 kungacha AQShga kirishga ruxsat soʻrab murojaat qilishlari mumkinligini aytdi.
Va nihoyat, 1 fevral kuni Spayser grin-karta egalariga bu kabi ariza bilan murojaat qilishga hojat yoʻqligini ochiqladi.
AQShning yirik texnologik shirkatlari farmonni qoralashgan.
Vashington, Massachusets, Nyu-York va Virjiniya shtatlari rasmiylari esa Trampning farmoni ustidan mahkamaga shikoyat qilishlarini aytishgan.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring






























