Toshkent: Mustaqillik, xavfsizlik choralari va armiya...

Shavkat Mirziyoyev
Published

Prezident Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan qutlagan. Mustaqillik bayramining Qurbon Hayiti bilan bir kunga toʻgʻri kelishida oʻziga xos chuqur va ramziy maʼno borligini aytgan. Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin, deya Mirziyoyev oʻz tabrik nutqini Oʻzbekiston birinchi prezidenti jumlasi bilan yakunlagan.

Poytaxt Toshkentning oʻnlab xiyobon va maydonlarida Mustaqillik bayrami munosabati bilan xalq sayillari boʻlib oʻtgan. Xabarlarga koʻra, sayillar chogʻida jamoat xavfsizligi kuchaytirilgan tartibda taʼminlangan. Masʼullar oldinroq yuk mashinalarining poytaxtga kirishida cheklovlar boʻlishi haqida rasman ogohlantirishgandi.

Oʻzbekiston yana dunyoning eng kuchli 50 armiyasi roʻyxatidan oʻrin olgan. Roʻyxat Global Firepower tomonidan tuzilgan. Dunyoning eng kuchli armiyalarini tanlashda 50 dan ortiq omil inobatga olingan. Yuqori uchlikdan AQSh, Rossiya va Xitoy joy olgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02