Halokatga uchragan Kosta Konkordiyadagi qutqaruv amaliyotlari to‘xtatildi

Published

Italiya g‘arbiy qirg‘oqlarida halokatga uchragan kruiz kemasi bordidagi qidiruv va qutqarish amaliyotlari yana bir bor to‘xtalgan.

Ushbu amaliyotlar Kosta Konkordiya kemasining to‘satdan dengiz tubiga cho‘kib ketishi ehtimolidan qo‘rquvlar sabab uchinchi bor qoldirilmoqda.

Dengizning notinchligi va ob-havoning yomonlashishi kutilayotgani ham qutqaruvchilar ishlariga xalaqit bermoqda.

Avvalroq, toshga urilgan kema xodimlari yo‘lovchilarni xavotirga arzugulik hodisa yuz bermaganiga ishontirishga urinayotgani aks etgan video paydo bo‘lgandi.

Videoda kema xizmatchilaridan biri Kosta Konkordiya suvga cho‘ka boshlaganiga qaramay, "hamma narsa nazorat ostida", deya yo‘lovchilardan kayutalariga borishni so‘rayotgani tushirilgan.

Ayni paytda kemani tark etish qarori kechikib olingani taxmin qilinadi.

Bir hafta oldin Kosta Konkordiya kruiz kemasining toshga urilib, suvga g‘arq bo‘lishi natijasida kamida 11 kishi nobud bo‘lgan.

Halokatga uchragan payti kemada 4, 200 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Hozirgacha 21 inson bedarak qolmoqda. Ularni tirik topishga umidlar esa, so‘nib bormoqda.