Tojikistonda xayru ehsonlar soliqqa tortiladi

- Author, Anora Sarkorova
- Role, BBC, Dushanbe
- Published
Ayon bo‘lishicha, bundan buyog‘iga Tojikistondagi diniy idoralar mas‘ullarga o‘z xodimlari ro‘yxatini taqdim etishlari va ularga berayotgan oylik maoshlaridan soliq to‘lashlari shart bo‘ladi.
Mas‘ullarga ko‘ra, masjidlarga tushayotgan xayriya pullari endi u yerdagilarning ish haqlari hisoblanib, soliqqa tortilishi lozim ko‘riladi.
Bundan tashqari, masjidlardan ijtimoiy jamg‘arma va yer solig‘i uchun ham mablag‘ undirib olinadi.
Bungacha Tojikistondagi masjidlar, cherkovlar va ibodatxonalar soliqlardan butkul ozod etilishgandi.
Masjidlar va davlat byudjeti
Tojikistonda masjidlar va cherkovlar tujjoriy tashkilot sanalishmaydi.
Ammo davlatdan ham bir tiyin olishmaydi.
Ularning asosiy tushumlarini namozxonlarning xayru ehsonlari tashkil etadi.
Mamlakat diniy rahbarlariga ko‘ra, hukumatning yangi qarori ortida nafaqat masjidlar va cherkovlarning faoliyatlarini nazorat etish maqsadi, balki yangilarini ochish jarayonini qiyinlashtirish ham turibdi.
Tojikistonlik mas‘ullarning ta‘kidlashlaricha esa, qabul qilingan chora-tadbirlar masjid va cherkovlarning moliyaviy faoliyatlarini tartibga solishni ko‘zda tutadi.
Mamlakatning Oliy diniy idorasi - Tojikiston Ulamolar kengashi ham hukumatning tashabbusini qo‘llab chiqqan.
Kengashga ko‘ra, bu o‘z vaqtida va davlatning byudjetini to‘ldirishga yordam beruvchi qarordir.
Imomlarning cho‘ntagidan

Tojikistonlik taniqli ulamo Hoji Akbar To‘rajonzadaning ta‘kidlashicha, masjidlarning soliqqa tortilishi yangilarini ochish jarayonini qiyinlashtiradi.
Unga ko‘ra, ushbu qaror ortida hukumatning mustaqil imomlarning faoliyatlariga to‘sqinlik qilish maqsadi yotibdi.
"Chunki odamlar ziyoratga keladigan bir qancha yirik masjid va maqbaralardan tashqari, Tojikistondagi aksariyat masjidlarning daromadlari yo‘q", deydi taniqli ulamo.
Uning aytishicha, bu kabi masjidlarda yordamchilarining maoshini imom-xatibning o‘zi o‘z cho‘ntagidan to‘laydi.
Tojikistonlik ulamolarga ko‘ra, xayriya pullarining katta qismi masjidni toza tutish va elektr toki to‘loviga ketadi.
"Agar masjidlar bu kabi soliqlarga tortiladigan bo‘lsa, ular buncha pulni to‘lay olishmaydi. Shu sababdan ham, xuddi Sho‘ro davrida bo‘lgani kabi, imom-xatib davlatga o‘z cho‘ntagidan to‘lashi kerak bo‘ladi yoki masjidi yopiladi", deydi Hoji Akbar To‘rajonzoda.
Tojikiston rasman dunyoviy davlat sanaladi.
Ammo hukumat diniy idoralarning ishiga faol aralashadi va imom-xatiblarni tanlashda ham hal qiluvchi so‘zni aytadi.
Hafsalamni pir qildi

Сурат манбаси, BBC World Service
Dushanbelik namozxonlardan biri Kamoliddin mas‘ullarning yangi qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini aytadi.
"Hukumatning ushbu mablag‘larga ko‘z tikkani g‘alati. Chunki oddiy odamlar Xudoning yo‘liga deb, chin ko‘ngildan masjidlarga xayru ehson qilishadi. Endi men bunday qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘raman", deydi u.
Siyosatshunos-islomshunos Farrux Umarovning aytishicha esa, masjidlarning moliyaviy faoliyatlarini nazorat etishning o‘zi imkonsiz narsa.
"Bu mexanizmning qanday ishlashini tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Ziyoratchilar yoki namozxonlarning qancha xayru ehson qilganliklarini bilmay turib, qanday qilib soliq to‘lash mumkin. Kim ularni hisoblaydi, kim ularni tekshiradi?", deydi janob Umarov.
So‘nggi yillarda Tojik hukumati dindorlarning huquqlarini oyoq-osti qilishda tanqidlar ostida qolib keladi.
Bularning sirasida masjidlar faoliyatini tekshirish, yopish, diniy partiya va harakatlar tarafdorlariga qarshi ko‘plab mahkama jarayonlari, ibodat libosida yurganlar va soqollilarga qarshi ta‘qiblar tilga olinadi.
Ko‘plab kuzatuvchilarga ko‘ra, so‘nggi yillarda Tojikistonda dinga qiziqishning kuchaygani yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bu esa, radikal islomning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mamlakatdagi diniy hayotni o‘z nazorati ostiga olishga jiddiy harakat qilayotgan mas‘ullarni xavotirga solmay qo‘ymagan.