Sobiq desantchilarning aksil-Putin qo‘shig‘i shov-shuvga sabab bo‘lmoqda
Rossiyada sobiq harbiylardan iborat musiqiy guruh "Ortiq senga ishonmaymiz, yolg‘on gapirma" qabilidagi qo‘shiq bilan uchinchi bor Rossiya prezidenti bo‘lish harakatiga tushgan Vladimir Putin siyosatini keskin tanqid qilib chiqqan.

Internetda tobora ommalashib borayotgan qo‘shiqda Putin janoblariga qarata "Vatan biz bilandir! Sen Xudo emassan, Shoh ham emassan! Talabimiz shu - Yo‘qol Zolim, Yo‘qol!" deya kuylanadi.
Qo‘shiqni kuylaganlardan biri, sobiq desantchi Stanislav Baranov rossiyaliklarning sabr kosasi to‘lganini aytadi.
"Mamlakatdagi siyosiy vaziyat ortiq shunday qolishi mumkin emas. Biz yana bir necha yil korruptsiya va poraxo‘rlik bilan yashay olmaymiz," - deb aytgan Baranov Dojd telekanali bilan suhbatda.
Siyosiy qo‘shiqchilik va yo bir ma‘noda isyonkor qo‘shiqlar madaniyati O‘zbekistonda faqat bir san‘atkorning ijodi bilan bog‘lanadi. Dadaxon Hasan.
Ammo, Rossiyadan farqli o‘laroq, mustaqil O‘zbekiston tarixida erkin va adolatli saylov o‘tmagan.
Siyosiy qo‘shiqlar saylovu siyosatga qanchalar ta‘sir etishi mumkin? Hayrullo Fayz lavhasini tinglang.



























