Kanadada afg‘on muhojirlari o‘z jigarlarini o‘ldirishda aybdor topildi
Published
Ўқилиш вақти: 1 дақ
Kanadada istiqomat qiluvchi afg‘on muhojirlari oilasining uch a‘zosi - Muhammad Shafiya, uning xotini Tuba Yahyo va o‘g‘li Hamid o‘z jigarlarini o‘ldirganlikda aybdor topilgan.
Muhammad Shafiyaning 19, 17, 13 yoshli uch qizi va birinchi xotini jasadlari 2009 yil Ontarioning Kingston shahridan o‘tuvchi kanalga cho‘kkan avtomobildan topilgandi.
Prokurorlarning aytishlaricha, qizlarning otasi qizlari yurish-turishi, maxfiy ravishda yigit tanlagani va ochiq-sochiq kiyinganidan g‘azablangan.
Qizlarning o‘ldirilishi "nomus qotilligi" deb nomlangan va Ontariodagi Kingston shahri mahkamasi ularning otasi, akasi va onasiga 25 yildan qamoq jazosi belgilagan.
Kanadadan BBC muxbiri Lee Carter lavhasi ana shu haqda.



























