BBC mehmoni yozuvchi va siyosatchi Ahmad A‘zamga savol bering

Yozuvchi, munaqqid va siyosatchi Ahmad A‘zam 28 iyun 1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi G‘azira qishlog‘ida tug‘ilgan.
1971 yili Samarqand davlat universitetini bitirgan.
"Guliston" jurnali, "O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati" gazetasi, "Sovet O‘zbekistoni san‘ati" jurnali redaktsiyalarida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlagan.
Siyosiy faoliyatini "Birlik" xalq harakatida boshlagan, "Erk" demokratik partiyasi bosh kotibi bo‘lgan.
Oliy Majlis deputatligiga saylangan.
1995 yildan O‘zbekiston televideniyesida bosh muharrir, O‘zbekiston" telekanali bosh direktori, "O‘zbektelefilьm" studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan. Bu davrda stsenarist va telejurnalist sifatida ham ijod qilgan.
Ahmad A‘zamning "Oyning gardishi", "Bu kunning davomi", "Asqartog‘ tomonlarda", "Soyasini yo‘qotgan odam", "Hali hayot bor" degan nasriy asarlari,"Mas‘ul so‘z" degan adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamlari, "O‘zi uylanmagan sovchi", "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" romanlari chop etilgan.
Ahmad A‘zamga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.
BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.
Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.
Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.
SMS raqamimiz:
+447786201124
Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?
Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.































