Afg‘onistonda NATO askarlari o‘ldirilgan

Shu yil boshidan buyon Afg‘onistonda 20 dan ortiq NATO askarlari o‘ldirilgan
Сурат тагсўзи, Shu yil boshidan buyon Afg‘onistonda 20 dan ortiq NATO askarlari o‘ldirilgan
Published

NATO rasmiylariga ko‘ra, afg‘on politsiyasi kiyimida bo‘lgan kishi Afg‘oniston g‘arbidagi Helmand viloyatida xalqaro kuchlarning uch xodimini otib o‘ldirgan.

Yaralangan hujumchi qo‘lga olingan, deb xabar beradi NATO.

Britaniya mudofaa vazirligining xabar berishicha, halok bo‘lganlarning uchalasi ham Britaniya harbiylari bo‘lishgan.

Yil boshidan buyon xalqaro kuchlarning 20 dan ortiq xodimi o‘ldirilgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bunday hodisalar xalqaro kuchlarning jangovor ruhiyatiga ham ta‘sir qilgan.

Mahalliy aholining Afg‘onistondagi NATO kuchlariga munosabati shu yilning fevral oyida Bagrom bazasida Qur‘on nusxalarini yoqib yuborilishi ortidan yomonlashgan.

Mart oyida Amerika askarining 16 tinch fuqaroni otib o‘ldirganligi bu munosabatni yanada taranglashtirgan.

Bu hodisa ortidan Afg‘oniston prezidenti Homid Karzay NATO kuchlarini muddatidan oldin mamlakatdan chiqib ketishini so‘ragan.