Amerikaning to‘rtta shtatida favqulodda holat joriy qilingan

So‘nggi xabarlarga qaraganda tabiiy falokat 13 kishining umriga zomin bo‘lgan
Сурат тагсўзи, So‘nggi xabarlarga qaraganda tabiiy falokat 13 kishining umriga zomin bo‘lgan
Published

Amerikaning to‘rtta shtati, Merilend, G‘arbiy Virjiniya, Ohayo va Kolumbiyada favqulodda vaziyat e‘lon qilingan.

Mamlakat sharqidan o‘tgan bo‘ronli shamol daraxtlarni ag‘dargan, yirik do‘l elektr energiyasi simlarini uzib tashlagan.

So‘nggi xabarlarga qaraganda tabiiy falokat 13 kishining umriga zomin bo‘lgan.

Bo‘rondan so‘ng jazirama issiq boshlangani aytilmoqda.

Ko‘plab uylar elektr chirog‘isiz qolgan.

Energetiklar jiddiy zarar ko‘rgan elektr yo‘nalishini tiklash uchun kamida hafta kerak bo‘lishidan ogohlantirishgan.

Sovutgichlarsiz qolgan aholi, ayniqsa qariyalar, bolalar va bemorlar jazirama issiqda jiddiy qiyinchilikka duch kelishlari aytilgan.

Yakshanba kuni Tennessi shtatida besh va uch yoshli ikki bola nobud bo‘lgan.

Ularning o‘limiga 49 darajadan oshib ketgan havo harorati sabab bo‘lgan, deb xabar beradi Reyter agentligi.

"Biz juda xavfli sharoitdamiz", - deb e‘lon qilgan G‘arbiy Virjiniya hokimi Bob Makdonnell.

Qamoqxonadagi ahvol

Illinoys shtatidagi tabiiy ofatdan kuchli zarar ko‘rgan Dikson qamoqxonasida mahkumlarga nisbatan favqulodda choralar ko‘rilishiga to‘g‘ri kelgan.

O‘ta xavfli jinoyatchilar guruhiga ta‘luqli 78 kishi boshqa turmaga o‘tqazilgan.

Xavfli jinoyatchilar saqlangan joydagi yoriqlar va elektr chirog‘i tuzatilayotgani xabar qilingan.

Boshqa mahkumlar ta‘mirlash ishlari davomida turma ichida sayr qilish va erkin harakatlanishdan mahrum qilinib, kameralarga qamab qo‘yilgan.

Ayni paytda, Amerikaning Milliy meteorologik xizmati yangi tabiiy ofatlardan xabar berib ogohlantirgan.