BMT: 2012 yil 7.6 million inson qochqinga aylandi

Published
Ўқилиш вақти: 1 дақ

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi yangi hisobotiga ko‘ra, 2012 yilgi qochqinlar soni 1994 yildan buyongi eng yuqori darajasiga chiqqan.

Aytilishicha, o‘tgan yil 7.6 million inson o‘z uylarini tashlab chiqqan.

Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlikning aytishicha, Suriyadagi qarama-qarshiliklar qochqinlar soni ortishiga xizmat qilayotgan "yirik yangi omil"dir.

Agentlik hisobotiga ko‘ra, 55 foiz Afg‘oniston, Somali, Iroq, Sudan va Suriyadan qochib chiqqanlar.