Suriyadagi O‘zbek jangarilari yana videosini e‘lon qilgan

Internetda Suriyada Bashar al-Assad qo‘shinlariga qarshi jang qilayotgan O‘zbek jangarilarining yangi videosi paydo bo‘lgan.
11 daqiqa 54 soniyalik video Suriyadagi o‘zini "Imom Buxoriy jamoati" deb atagan guruhning harbiy tayyorgarlik jamlog‘ida olingan.
Videoning Halab shahri yaqinidagi harbiy jamloqda olingani xabar qilingan.
Unda yuzlarini niqoblar bilan yopgan, kamuflyaj kiyimida, qo‘llarida avtomat qurollari bo‘lgan 30 dan ortiq jangari tasvirga tushgan.
Videoda qurollilar jangovor yurib o‘tadilar.
Jangarilardan biri jihod mazmunidagi qora bayroqni ko‘targan.
Yuzi xiralashtirilgan, ko‘ziga qora ko‘zoynak taqqan qo‘mondon O‘zbek tilida o‘zlarining qurolli kurashlari muhimligi haqida va‘z aytadi.
Videoni tomosha qilganlarning ekranda bir necha kichkina "tomoshabin bola" paydo bo‘lganiga ko‘zlari tushadi.
Shundan keyin jangarilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini namoyish etadigan mashqlarni bajarishadi.
Suriyada O‘zbek jangarilari Assad kuchlariga qarshi jang qilayotgani haqidagi xabarlar tarqalganiga ancha bo‘ldi.
Ayni paytda Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston rasmiylari ham bu mamlakatlar fuqarolari Suriyadagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etayotganidan xavotirlar bildirib chiqishdi.
"Imom Buxoriy jamoati" deb nomlangan O‘zbek jangarilari guruhining Suriyadagi "Al-Nusra jabhasi"ning ittifoqchisi ekani xabar qilingan.
"Al-Nusra jabhasi" "Al-Qoida"ning Suriyadagi bo‘limi deb ko‘riladi.
Bundan tashqari Suriyada asli qofqozlik jangarilardan tarkib topgan "Jayshi al-Muhajirun val-Ansor", deb nomlangan guruh ham Suriya hukumati armiyasiga qarshi jang qilayotgani xabar qilinadi.
BBC o‘tkazgan tekshiruvlarda aniqlashicha, ayrim o‘zbekistonliklar Suriyada Assad rejimiga qarshi urushayotganlari ma‘lum bo‘lgan.
Shuningdek, Turkiyaga muhojir bo‘lib kelayotgan Markaziy Osiyoliklar orasida ham Suriyada jihodga otlanganganlar ham borligi aniqlangan.
-------------------------------------------------------------------------------------------
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002
Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.































