Payg‘ambarni haqoratlaganlik uchun o‘lim hukmi

Osiyo Bibi o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etadi
Сурат тагсўзи, Osiyo Bibi o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etadi
Published

Pokiston mahkamasi nasroniy diniga mansub Osiyo Bibiga chiqarilgan o‘lim hukmini kuchda qoldirgan.

U muslima ayol bilan suhbatda Muhammad Payg‘ambarni haqorat qilganlikda aybdor, deb topilgan.

Osiyo Bibi 2010 yilda o‘lim jazosiga mahkum etilgandi.

Hukm dunyo bo‘ylab qoralangan, nasroniy ayolni himoya qilgan pokistonlik ko‘zga ko‘ringan siyosatchilar- Panjob viloyati hokimi Salmon Tasir hamda milliy va diniy ozchiliklar vaziri Shahboz Bxatti o‘ldirilgan.

Bu ikki siyosatchi shakkoklik haqidagi qonunlarni isloh qilishga chaqirishgandi.

Tanqidchilar bu qonunlar ko‘pincha shaxsiy adovat yo‘lida ishlatilishini aytadilar.

Besh farzandning onasi bo‘lgan Osiyo Bibi o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan.

Uning himoyachisi Oliy Mahkama hukmidan shikoyat qilishini bildirgan.

Pokistonda 1990-yillardan buyon o‘nlab nasroniylar Qur‘onni tahqirlash va shakkoklik ayblari bilan mahkum etilgan.

Ularning ko‘pchiligi o‘limga hukm qilingan bo‘lsa-da, yuqori mahkama idoralari dalillar yetarli bo‘lmagani vajidan hukmlarni bekor qilgan.

Ayni paytda shakkoklikda ayblanganlarning aksariyat ko‘pchiligi musulmonlar, undan keyin esa ahmadiylar jamoasi vakillaridir.