Ja'mi suratlar - Jahonning eng qadimiy harobalaridan biriga nazar.
Сурат тагсўзи, Palmira Yaqin Sharqning arxelogik durdonasi hisoblanadi.
Сурат тагсўзи, Hozirda sahro o‘rtasida bo‘lgan qadimiy shahar qadim jahonning eng muhim madaniy markazlaridan biri bo‘lgan.
Сурат тагсўзи, Rim Impeniyasi davrida, 1-2 asrlarda qad ko‘targan shahar o‘ta viqorli bo‘lgan.
Сурат тагсўзи, Shaharning janubiy qismida, 1 kilometrlik ko‘cha oxirida joylashgan qadimiy ibodatxona o‘sha davrda Sharqdagi eng muhim diniy markazlardan biri bo‘lgan.
Сурат тагсўзи, Palmira Suriya poytaxti Damashq bilan mamlakat sharqidagi gaz zaxirlari joylashgan yer o‘rtasida, stretgik jihatdan muhim mavqeda joylashgan.
Сурат тагсўзи, To‘r yildan beri davom etayotgan fuqaro urushi mobaynida harobalarga ba‘zi zarar yetkazilgan.
Сурат тагсўзи, Qadimshunoslarga ko‘ra, Palmira Yaqin Sharqning ko‘zga ko‘ringan mdaniyat markazi va Rim Imperiyasidagi boshqa biron shaharga o‘xshamagan manzil bo‘lgan.
Сурат тагсўзи, Ba‘zilar Palmiraning Venetsiyaga qiyoslaydilar. Lekin sahro qumi suv o‘rniga va kemalar emas tuya karvonlar uning ko‘chalarini kezganlar.