Ovro‘po Ittifoqi o‘z a‘zolaridan 40 ming muhojirni qabul qilishni so‘radi

Сурат манбаси, AFP
Ovro‘po Komissiyasi Ovro‘po Ittifoqiga a‘zo davlatlarni kelgusi ikki yil ichida Suriya va Eritreyadan Italiya va Yunoniston qirg‘oqlariga kelayotgan 40 ming boshpana izlovchini qabul qilib olishga chaqirdi.
Komissiyaning yangi rejasiga binoan, Olmoniya, Frantsiya va Ispaniya eng ko‘p sonli muhojirlarni qabul qiladi.
Ovro‘pogacha yetib kelgan muhojirlarni joylashtirish yo‘lidagi kvota tizimi taklifi OIning ba‘zi a‘zolari orasida norozilikka sabab bo‘ldi.
Britaniya hukumati bu kabi tizimda ishtirok etmasligini aytdi.
Frantsiya, Ispaniya, Vengriya, Slovakiya va Estoniya bu boradagi o‘z tashvishlarini izhor qilganlar, biroq yakuniy qaror Ovro‘po Parlamenti a‘zolari ovoz berishlari ortidan qabul qilinadi.
Daniya bu kabi rejadan chiqib ketish huquqiga ega, Irlandiya va Britaniya esa, istasalar, unga qo‘shilishlari mumkin.
Oqim
Reja 2015 yil 15 apreldan so‘ng Italiya va Yunoniston qirg‘oqlariga kelgan Suriya va Eritreya fuqarolariga taalluqlidir.
Komissiyaning aytishicha, agar muhojirlar oqimi to‘satdan oshsa, bu rejaga Malta qirg‘oqlariga kelayotgan muhojirlar ham kiritiladi.
Komissiya "xalqaro himoyaga muhtojligi aniq bo‘lgan" deya tasvirlagan 40 ming muhojir quyidagicha taqsimlanadi:
Olmoniya - 8763 (21.91%)
Frantsiya - 6752 (16.88%)
Ispaniya - 4,288 (10.72%)
Oxirgi qoidaga binoan, a‘zo davlatga o‘z hududida joylashtirgan har bir kishi uchun 6 ming yevro beriladi.
Joriy yilning o‘zidagina O‘rta Yer dengizida 1800 muhojir cho‘kib o‘ldi - bu o‘tgan yilgi shu davr bilan solishtirganda 20 baravar ko‘pdir.
BMTga ko‘ra, bu yo‘l bilan 60 mingdan oshiq odam Ovro‘poga yetib olishga uringan.
Ularning aksari Suriya, Eritreya, Nigeriya va Somalidagi mojaro va qashshoqlikdan qochib kelishgan.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio































