“Ukraina MDH qidiruv tizimidan voz kechadi”

Published

Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov e‘lon qilishicha, bundan keyin Ukraina Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a‘zo mamlakatlar o‘rtasida imzolangan jinoyatchilarni qidirishda hamkorlik qilish kelishuvidan voz kechadi.

Kiyev bundan keyin o‘z faoliyatini Xalqaro politsiya – Interpol qidiruv tizimi doirasida amalga oshiradi.

Ukraina Ichki ishlar vaziri bu haqda o‘zining Facebookdagi sahifasida e‘lon qilgan.

Janob Avakovga ko‘ra, bunday qarorga kelishlariga Rossiya boshqarayotgan sobiq Sho‘ro respublikalari o‘rtasidagi jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirib topish maqsadidagi tizim ko‘ngildagidek ishlamayotgani sabab bo‘lgan.

“Hali 1992 yildagi MDHga a‘zo-ishtirokchilar IIVlari o‘rtasida axborot almashishda hamkorlik kilish Shartnomasini buzgan holda Davlatlararo ma‘lumotlar bankining egasi bo‘lgan Rossiya IIV Ukraina tomonidan qidirilayotgan jinoyatchilarga oid birorta axborotni 2014 yil 26 fevralidan buyon kiritgani yo‘q”, deb yozgan Ukraina Ichki ishlar vaziri Facebookda.

Janob Avakovga ko‘ra, Ukraina Ichki ishlar vazirligi bu borada Rossiyadan bir necha marotaba tushuntirish so‘ragan, ammo hech qanday javob olmagan.

“Ushbu qadamlar rivojida Ukraina TIV vazirligi IIVni 27. 02. 2015 dagi notaga muvofiq MDH ijroiya qo‘mitasini ushbu shartnomadagi ishtirokini Ukraina 2015 yil 24 avgustidan to‘xtatishi haqida xabardor etganini ma‘lum qildi”, deb yozgan Arsen Avakov.

Shu yil yanvarida Ukraina MDHda qidirilayotgan jinoyatchilar haqidagi ma‘lumotlar bazasiga axborot yetkazishdan voz kechishi hamda Rossiyaning qidirilayotgan jinoyatchilar haqidagi so‘rovlariga javob berishdan bosh tortgani haqida xabar qilgan.

Axborot almashish borasida Ichki ishlar vazirliklari hamkorligi haqidagi kelishuv 1992 yil 3 avgustida Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida imzolangan.

Ushbu kelishuvga muvofiq 11 respublika Ichki ishlar vazirliklari bir-biriga jinoyatchilar haqidagi ma‘lumotlarni tekin taqdim etish majburiyatini olganlar.

Bular Armaniston, Belarus, Gurjiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ukraina va Ozarbayjon.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio