Avstriyadagi yuk mashinadan muhojirlar jasadlari topildi

Сурат манбаси, EPA
Avstriya hukumatiga ko‘ra, mamlakat sharqidagi Burgenland viloyatida to‘xtagan yuk mashinasidan kamida 20 muhojirning jasadi topilgan.
Jasadlarning asl soni ellikkacha bo‘lishi mumkin. Avstriya politsiyasi yuk mashinaning hajmiga qarab, o‘liklar soni 20 va 50 o‘rtasida bo‘lishi mumkin demoqda.
Politsiya bu hodisani "dahshatli jinoyat" deya tasvirladi.
Bu mudhish topilma Vengriya bilan chegaraga yaqin magistral yo‘lda aniqlandi.
Yuk mashina chorshanbadan beri ayni hududda bo‘lgani ishoniladi, ammo jasadlar payshanba tongida topilgan.
Qurbonlar o‘lganiga ancha bo‘lgani va jasadlar chiriy boshlagani aytiladi.
Avstriya Ichki ishlar vaziri Yohanna Mikl-Laytner matbuot anjumani chaqirib, bu Avstriya uchun "qora kun" ekanini aytdi va qurbonlar yaqinlariga o‘z ta‘ziyasini izhor qildi.
Uning aytishicha, bu fojea muhojirlarni himoya qilish va odam tashuvchilarga qarshi kurashish yo‘lida Ovro‘po Ittifoqi yagona siyosatni ishlab chiqarishi kerak.
Yaqin Sharq va Afrikaning urush va iqtisodiy qiyinchiliklar ichida qolib ketgan mamlakatlaridan kelayotgan o‘n minglab muhojirlar Ovro‘poda joylashishga urinishmoqda.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio































