"ID" safida 5000 markaziy osiyolik va rossiyalik bor"

Сурат манбаси, none
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘zini "Islomiy Davlat" deb atagan guruh tarkibida qariyb 5000 Makraziy Osiyo respublikalari va Rossiya fuqarolari jang qilmoqda.
Bu haqda Shanxay Hamkorlik tashkilotining Toshkentdagi majlisida Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati direktori birinchi o‘rinbosari general Sergey Smirnov aytgan.
"Bizning ma‘lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining 2400 tacha fuqarosi ushbu tashkilot faoliyatida ishtirok etmoqda va bu ancha katta raqam", deb aytgan Rossiya xavfsizlik xizmati rahbari muovini.
Bundan oldinroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi 1800 rossiyalik ID safida deb ko‘rilayotgani, 477 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar tarqatgan.
Toshkentdagi majlis Shanxay tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi yig‘ilishi bo‘lgan, unda Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari qatnashganlar.
Avgust boshida Tojikistonda ID safida bo‘lgan tojikistonlik fuqarolikdan chiqarilishi haqidagi farmon qabul qilindi.
Tojikiston Ichki Ishlar vazirligi bildirishicha, Afg‘oniston va Suriyada 500 dan ortiq tojik fuqarolari jang qilmoqda.
"Islomiy davlat"dan tashqari tojikistonliklar "Tolibon" va "O‘zbekiston Islomiy harakati" saflarida borligi aytiladi.
Qarorgohi Bryusselda joylashgan Xalqaro Inqiroz Guruhining 2015 yil boshida e‘lon qilgan hisobotlariga tayanilsa, hozir ikki mingdan to‘rt mingtagacha markaziy osiyolik "Islomiy Davlat" guruhi saflarida jang qilmoqda.
"Islomiy Davlat" Iroq va Suriyada olib borayotgan janglariga yanada ko‘proq markaziy osiyoliklarni jalb etishga muvaffaq bo‘lmoqda.
Radikallashish va Siyosiy Zo‘ravonlikni tadqiq etish xalqaro markazi va AQSh Markaziy Josuslik Xizmatining rasmiy ma‘lumotlari bo‘yicha, "Islomiy Davlat" safida kamida 500 nafar o‘zbek jangarisi bor.
Biroq internet orqali o‘zlarini "Islomiy davlat" safida ekanini aytib, jihodga da‘vat qilgan o‘zbek tilidagi ba‘zi video lavhalarda jangarilar Suriyada minglab markaziy osiyoliklar borligini aytganlar.
O‘zbekiston hukumati ushbu xabarlarga rasman munosabat bildirmagan bo‘lsada, davlat matbuoti va televideniyesi orqali ekstremistik guruhlarga qarshi targ‘ibotni kuchaytirgani kuzatilgan.
Tahlilchilar markaziy osiyoliklarning jihodiy guruhlarga qo‘shilishining asosiy sababi sifatida ishsizlik, qashshoqlik va dindorlarga nisbatan ta‘qiblarning haddan tashqari kuchayganini keltirishadi.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio































