Arafot tog‘iga ziyoratchilar bayroqsiz chiqdilar

Сурат манбаси, AP
2015 yilgi Haj ziyoratining asosiy ibodatlaridan bo‘lgan Arafot tog‘iga chiqish 23 sentyabr kuniga to‘g‘ri keldi.
Butun dunyodan to‘plangan millionlab ziyoratchilar Arafot tog‘iga chiqdilar.
Shu kuni Ka‘ba Muftiysi Shayx Abdul Aziz ash-Shayx Haj va‘zini o‘qigan.

Сурат манбаси, Reuters
Uch million bo‘lajak hojilarga murojaatida Ka‘ba muftiysi dunyo musulmonlarini birdamlikka chaqirgan.
Arofat tog‘iga yo‘l olarkanlar, bu yil Saudiya rasmiylari ziyoratchilardan o‘z mamlakati bayroqlarini ko‘tarib olmaslikni, Haj ziyoratidan hech qanday siyosiy maqsadda foydalanmaslikni talab qildilar.
Maydoni Arofatda ziyoratchilar maxsus ibodatlar qilib gunohlarining kechirilishini so‘raydilar.
Quyosh botganidan so‘ng Muzdalifaga boradilar.

Сурат манбаси, AP
Muzdalifada Shom va Xufton namozlari o‘qilganidan keyin Minoga qaytadilar.
"Shaytonga tosh otish" marosimi o‘tkazilib, so‘ng ziyoratchilar qurbonlik so‘yadilar.
Ziyoratchilarning ehromlarini yechib sochlarini oldirishlari bilan Haj ziyorati ado etilgan hisoblanadi.
24 sentyabr kuni butun dunyo musulmonlari Qurbon Hayiti bayramini nishonlaydilar.

Сурат манбаси, AP
Bu yil Haj marosimi paytidagi xavfsizlikni ta‘minlash uchun Saudiya Arabistoni 100 ming atrofida politsiya kuchlarini safarbar etdi.
Bu yilgi Haj Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari Yamandagi Xusiy qavmi isyonchilarini havo hujumlariga tutgani ortidan yuz bermoqda.
Oxirgi oylarda Saudiya xavfsizlik kuchlari va mamlakatdagi shia jamoalariga hujumlar kuzatildi, "Islomiy Davlat" bu hujumlarni uyushtirgani haqidagi bayonotlar bilan chiqdi.
Shuningdek, bu yilgi Haj ziyorati MERS yoki "Tuya tumovi" deb nom olgan yuqumli xastalik tarqalgan vaqtga to‘g‘ri keldi.

Сурат манбаси, AP
Saudiya rasmiylari ushbu halokatli virus yuqishi oldini olishga minglab tibbiyot xodimlarini safarbar etdi.
Haj ziyorati oldidan Makkadagi Masjidul Haramda qurilish ko‘tarma krani qulashi oqibatida 109 inson nobud bo‘ldi, 400 tacha inson jarohatlandi.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio































