Apple ixtirochiga yirik tovon to‘lashi buyurildi

Сурат манбаси, Reuters
AQShda mahkama Apple kompaniyasiga patent qoidalarini buzgani uchun 234 million dollar to‘lashni buyurdi.
Viskonsin-Madison Universitetining patent litsenziyalarini beruvchi bo‘limi - Viskonsin bitiruvchilarining tadqiqot jamg‘armasi mazkur qaror uning ixtirolarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam ekanini aytdi.
Suddagi fuqarolar hay‘atiga ko‘ra, Apple patentlangan mikrochip texnologiyasini ruxsatsiz ravishda ba‘zi iPhone va iPad mahsulotlariga o‘rnatgan.
Apple qaror ustidan arz qilishini bildirdi, biroq qo‘shimcha sharh bermadi.
Jamg‘arma 862 million dollar tovon pulini so‘ragandi.
Hakam Apple atayin patent huquqini buzmagan deya qaror qilgani tufayli tovon puli ancha kamaytirilgan.
Mikrochip texnologiyasi kompyuter protsessorlarining faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Mazkur mahkama ishi iPhone 5s, 6 va 6 Plus mahsulotlariga tegishlidir. Eng yangi 6S va 6S Plus mahsulotlari bo‘yicha yangi mahkama ishi ochilgan.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio































