Pokistonda fabrika binosi qulashi oqibatida qurbonlar bor

Pokistonning Lahor shahrida qurilayotgan fabrika binosi qulashi tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lgan.
Rasmiylarga ko‘ra, vayronalar ostida 150 ka yaqin inson qolib ketgani haqida xavotirlar bor.
Ularning yordam so‘rab iltijolari eshitilayotgani xabar berilgan.
Qutqaruv ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Binoning ikki qavati bitgan bo‘lib, uchinchi qavatini qurish jarayoni ketmoqda edi.
Plastik xaltalar ishlab chiqaruvchi fabrika shahar chetida joylashgan.
Hozirga qadar 45 kishi vayronalar ostidan qutqarilib, mintaqadagi turli kasalxonalarga yuborilganligi televideniye orqali xabar berilgan.
Qutqaruv ishlariga Qurolli kuchlar safidagi muhandislar va mutaxassislar jalb etilgan.
Binolar xavfsizligi darajasi Pokistonda ko‘pda talab qilinadigan darajada emas.
O‘tgan yili sentyabr oyida Lahorda masjid tomi qulab tushishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgandi.
2012 yilning fevral oyida esa gaz portlashi tufayli yana bir fabrika binosi qulab tushgan, yosh bolalar doxil 17 kishi halok bo‘lgandi.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio































