Erdo‘g‘on: Ovro‘po Ittifoqi o‘z yo‘lidan qolmasin!

Сурат манбаси, Reuters
Ahmad Dovuto‘g‘li Turkiya Bosh vazirligidan iste‘fo berishini e‘lon qilgach, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘on Ovro‘po Ittifoqiga nisbatan qattiqqo‘l mavqeni egallagan.
Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘on OI vizasiz tartibni joriy qilishi evaziga aksilterror siyosatdan voz kechmasligini bildirdi. "Biz o‘z yo‘limizdan boramiz, siz o‘z yo‘lingizdan qolmang", dedi u.
OIga ko‘ra, Turkiya Ovro‘poga muhojirlar bo‘hronini yengillatish orqasidan vizasiz kirish huquqini olishi uchun terrorizmga qarshi kurash maqsadlarini aniqlab olishi kerak.
Erdo‘g‘onning OIga murojaati OI bilan kelishuvda roli katta bo‘lgan Dovuto‘g‘li iste‘fo berishini e‘lon qilganidan bir kun o‘tib yangramoqda.

Сурат манбаси, Reuters
Xabarlarga qaraganda, Dovuto‘g‘li Erdo‘g‘onning prezidentga ko‘proq vakolat berish rejasiga qarshi chiqqan.
Janob Erdo‘g‘onning aytishicha, taklif qilingan konstitutsion o‘zgarishlar shaxsiy talablar emas, mamlakat uchun kerak bo‘ladigan zaruriyat.
Terroristik palatkalar
Turkiya-OI kelishuvi Yunonistondan asosan suriyaliklarni Turkiyaga qaytarishni, buning uchun bir qator moliyaviy yordam va imtiyozlarni ko‘zda tutadi.
Ular qatorida turk fuqarolariga OIning Shengen hududiga qisqa muddat uchun vizasiz kirishni ta‘minlashdir. 22 OI a‘zosi va 4 a‘zo bo‘lmagan davlatlar Shengen hududida. Britaniya bunga kirmaydi.
OI o‘zining talablariga javob berishi uchun Turkiya avvalo terrrorizm bo‘yicha qarashlarini ko‘rib chiqishini xohlaydi.
Erdo‘g‘on esa bunga qarshi keskin gapirgan. "Turkiya to‘rt tomondan terroristik tashkilotlarning hujumiga uchrab turganida, OI bizga vizasiz tartib evaziga terrorizmga qarshi kurash qonunini o‘zgartirishimizni so‘raydi", deb aytgan u juma kuni televideniye orqali chiqishida.

Сурат манбаси, Getty
Afsuski, biz o‘z yo‘limizdan boramiz, siz o‘z yo‘lingizdan boring, deb aytgan Erdo‘g‘on OIga qarata.
Erdo‘g‘onga ko‘ra, qonun kurd jangarilari va jihodiy guruhlari, shuningdek, Suriya va Iroqdagi "Islomiy davlat" bilan qanday kurashishni belgilaydi.
Biroq huquq tashkilotlarining aytishicha, qonunlar muxolifat va o‘zgacha fikrlaydigan jurnalistlar, olimlarga qarshi ishlamoqda.
Turkiya va OIning kelishuv shartlaridan yana biri Turkiyaning OIga kirishidir.
Erdo‘g‘on prezidentlik tartibini isloh qilish bo‘yicha referendumni imkon boricha tezroq o‘tkazish niyatida.
Dovuto‘g‘li o‘rniga bosh vazirlikka ehtimoliy nomzodlar sifatida Transport vaziri Binali Yildirim va Energetika vaziri, prezident kuyovi Berat Olbayroqlar tilga olinadi.
Turkiya raqamlarda
Aholisi 78.7mln
Ishsizlik 11,1%
BMT ro‘yxatga olgan 2mln 75 ming suriyalik qochqinlar Turkiyada
Matbuot erkinligi bo‘yicha dunyo reytingida 180 mamlakat orasida 151 o‘rinda.
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBC UZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring































