Olimpiada arafasida Braziliyada siyosiy beqarorlik

Сурат манбаси, Ag. Brasil
11 may kuni Braziliya Senatining Prezident Dilma Rusef impichmenti borasida ovoz berishi mo‘ljallangan, butun mamlakat bo‘ylab prezident tarafdorlari yo‘llarni bekitib transport qatnovlarini izdan chiqargan.
Braziliya Senatining 81 a‘zosi bor.
Ularning yarmi Rusef xonimni prezidentlik lavozimidan chetlatilishini yoqlab ovoz berish istagida ekanlarini aytganlar.
Agar Senat impichmentni yoqlab ovoz bersa, bu Braziliya tarixida oxirgi yigirma yildan ortiq vaqt davomida davlat rahbarining ilk bor vazifasidan chetlatilishi bo‘ladi.
Senatorlar Dilma Rusef ustidan mahkama jarayonini boshlash kerak degan qarorga kelsalar, prezident olti oygacha lavozimidan chetlatiladi, uning vakolatlari vitse-prezidentga topshiriladi.
Rusef xonimni 2014 yilgi prezidentlik saylovi arafasida davlat byudjeti ko‘rsatkichlarini soxtalashtirish, soliq qonunchiligini buzishda ayblamoqdalar.
Shuningdek, davlat nazoratidagi Petrobras neft shirkatidagi korruptsiya mojarosi bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Braziliya iqtisodiyoti kuchli inqirozga uchragan, bu 1930 yillardan buyon Braziliya duch kelgan eng yomon inqiroz deya ta‘riflanyapti.
Iqtisodiy inqiroz va korruptsiya mojarosi Prezident Dilma Rusefning ikkinchi prezidentlik muddatini falaj qilib qo‘ygan.

Сурат манбаси, EPA
Bularning hammasi Braziliya Rio de-Janeyrodagi olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda yuz bermoqda.
Shu kunlarda Afinada yoqilgan olimpiada mash‘alasi Braziliyaga yetkazildi, butun mamlakat bo‘ylab aylanib chiqqanidan ketsin avgust oyida spot musobaqalarini boshlab beradi.
Prezident Rusef xonim o‘zini aybdor hisoblamaydi.
Uning fikricha, muxolifat siyosiy firibgarlik bilan shug‘ullanmoqda, parlamentning quyi va yuqori palatasida davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi.
Senatdagi muhim ovoz berish oldidan muxolifat tarfdorlari ham norozilik namoyishlarini tashkil qilganlar.
Aprel oyida parlament quyi palatasidagi ovoz berishda impichment uchun yetarli ovoz to‘plangan edi.
Senatdagi ovoz berish arafasida Prezident Dilma Russef Braziliya Oliy mahkamasiga murojaat qilgan, senatdagi impichment jarayoniga to‘siq qo‘yishni so‘ragan.
Bu uning impichmentdan qutulib qolish yo‘lidagi eng so‘nggi harakati deb ko‘rilmoqda.
Oliy mahkama hukumat so‘roviga javob qaytarmagan, ammo bundan oldin shu mazmundagi so‘rovlarni rad etgan.
---------------------------------------------------------------------------------
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBCUZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring































