Atamboyev o‘z tabrigida Karimov ogohlantirishini tilga oldi

Сурат манбаси, bbc
Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakat harbiylarini bayram bilan tabriklar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning suv bahslari mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi urushgacha ham olib borishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishini eslatdi.
"Qirg‘iziston uncha katta bo‘lmagan, ammo zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlangan armiyaga ega", deyiladi Prezident Atamboyevning Qirg‘iziston Qurolli kuchlari kuni munosabati bilan e‘lon qilgan tabrigida.
"Dunyoning barcha mamlakatlari, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari ham bugun terrorizm va ekstremizm tahdidi ostidadir. Bundan tashqari mintaqada millatlararo, yer, suv va chegaraga tutash muammolar o‘tkirdir. Ayrim ekspertlar "bu masalalar janjal va mojaro oqibatlariga olib kelishi" haqida gapirishdan charchamayaptilar. Buning ustiga, ayrim davlatlar rahbarlari "er va suv nizolari urushga olib borishi" haqida aytmoqdalar. Bunday tarang vaziyatda Qurolli kuchlar Vatanni himoya qilishga, har qanday qora kuchlarga qarshi turishga, bizning hududimizga bo‘lgan har qanday bosqinga tayyor turishlari lozim", deyiladi Prezident Atamboyev tabrigida.
Qirg‘iziston qurolli kuchlariga 1992 yil 19 mayida asos solingan.
Prezident Atamboyevning aytishicha, terrorizm va ekstremizm tahdidi ro‘parasi qarshisida Qirg‘izistonda zamonaviy harbiy infrastrukturani barpo etish maqsadidagi harbiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
2012 yil sentyabrida <link type="page"><caption> O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov</caption><url href="http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2012/09/120909_cy_karimov_water_war" platform="highweb"/></link> mintaqadagi suv ustidan bahslar mamlakatlar o‘rtasidagi urushgacha ham sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
"Vaziyat shu darajada keskinlashib ketishi mumkinki, bu nafaqat qarama-qarshilik, balki urushga ham olib kelishi ehtimoli bor" - degan Prezident Karimov.
O‘zbekiston prezidenti bu gaplarni Tojikiston qurayotgan Rog‘un va Qirg‘iziston tiklayotgan Qambarota GESlarini nazarda tutib aytgan.
"Shuning uchun chegaralar osha o‘tadigan daryolar masalasida biz jahon va xalqaro hamjamiyatga quloq solishimiz kerak", deb aytgan O‘zbekiston rahbari.
Prezident Karimov elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida yirik GESlar va ularni ishlatadigan ulkan suv to‘g‘onlari qurishga ahd qilgan Qirg‘iziston hamda Tojikistonga murojaat qilib, Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida joylashgan qo‘shni mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olishga chaqirgan.
"Bu daryolar bo‘yida joylashgan barcha davlatlarning roziligi har qanday kelishuvning asosiy sharti bo‘lishi kerak" - deb aytgan Prezident Karimov.
Yuqori suv oqimida joylashgan Qirg‘iziston va Tojikistonning gidroelektr stantsiyalarini qurish rejalariga O‘zbekiston qattiq qarshilik ko‘rsatib keladi, bu loyihalar quyi oqimda joylashgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonda suv taqchilligiga sabab bo‘lishidan ogohlantiradi.
Prezident Atamboyevning so‘nggi bayonoti Toshkentda 23-24-iyunda mo‘ljallangan Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a‘zo mamlakatlar rahbarlarining sammiti arafasida yangragan.
ShOS tashkilotiga Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a‘zo bo‘lib kirganlar.
Shu yil boshida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegarada yuzaga kelgan bahs tufayli Prezident Atamboyev Toshkentdagi ShOS sammitiga bormasligi ehtimolidan ham ogohlantirgan edi.
- Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBC UZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring































