"Frantsiya fuqarosi Yevro-2016ga hujum qilishga tayyorlangan"

Сурат манбаси, SBU
Ukraina milliy xavfsizlik xizmati bildirishicha, o‘tgan oy ko‘p sonli qurol-aslaha bilan qo‘lga olingan Frantsiya fuqarosi juma kuni boshlanishi mo‘ljallangan Yevro 2016 futbol turnirida yirik hujumlarni rejalayotgan bo‘lgan.
Frantsiya matbuotida 25 yoshli "Gregoire M" deya taqdim etilayotgan shaxs Ukrainaning Polsha bilan chegarasida hibsga olingandi.
Ukrainaning SBU milliy xavfsizlik xizmati rahbari Vasil Gritsakning aytishicha, "Gregoire M" o‘ta millatchi qarashlarga ega bo‘lib, 15ta hujumni amalga oshirishni rejalayotgan bo‘lgan.
Janob Gritsakka ko‘ra, unda qurollar, detonatorlar va 125 kilogramm TNT (trinitrotoluol) portlovchi moddasi bo‘lgan.
Mazkur kishining hibsga olinishi haqidagi yangilik ilk marta Frantsiyaning M6 telekanalida yangradi. Gumondor Frantsiya sharqidagi Lorreyn viloyatida fermerlik kooperativida ishlab kelgan.
Xabarda aytilishicha, u avval hech qanday jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
SBU gumondorni o‘tgan yil dekabridan beri kuzatib kelayotgani, hamda u beshta Kalashnikov avtomati, ikkita aksil-tank granatasini otuvchi qurollar, 5000 mingtacha o‘q, 100ta detonator va ko‘p miqdorda portlovchi moddalar qo‘lga kiritganini bildirdi.
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBC UZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring



























