Shanxay Hamkorlik tashkilotidan kimga ko‘p foyda?
23-24 iyun kunlari Toshkentda Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sammitga tayyorgarlik O‘zbekiston poytaxtida 1 yil oldin boshlangan, ko‘p qurilishlar va ko‘cha kengaytirishlari ShOS sammiti bilan tushuntirildi.
Iyun oyi kelishi bilan esa Toshkentda xavfsizlik choralari o‘ta kuchaytirildi.
21 iyundan Xitoy Prezidenti Si Tszinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi boshlandi.
Oliymaqom mehmon safarini Buxoro ziyoratidan boshladi.
Toshkent yig‘ini ShOSning 15-yubiley sammitidir.
O‘zbekiston poytaxtiga tashkilotga a‘zo davlatlar barchasining qatnashishi xabar qilindi.
Bundan oldin Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbek-Qirg‘iz munosabatlari taranglashishi manzarasida Toshkentga safardan voz kechishi bayonoti ham yangragandi.
Mezbon Prezident Islom Karimov Xitoy Prezidenti Si Tszinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevlarni ShHTning a‘zo davlatlari rahbarlari sifatida kutib oladilar.
Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Eron, Hindiston Shanxay Hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi davlat maqomiga ega va bu mamlakatlar rasmiy hay‘atlari ham Toshkentga borganlar.
Olti mamlakatga ShOSning muloqot bo‘yicha sherigi maqomi berilgan.
Bular Armaniston, Ozarbayjon, Nepal, Kambodja, Turkiya va Shri-Lankadir.
Toshkent sammiti Xitoyning Markaziy Osiyo respublikalari bilan gaz sotib olish bo‘yicha hamkorligi rivojlanib borayotgan, iqtisodiy-moliyaviy ko‘maklar miqyosi ortgani ham kuzatilayotgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.
Ilgari ShOSda ikki yirik qudrat - Rossiya va Xitoy muvozanati bilan ish ko‘rilgandi, hozirga kelib esa G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanktsiyalari Rossiyani iqtisodiy jihatdan Xitoy bilan raqobatlashish imkoniyatidan mahrum etgan, bu esa ShOSda Xitoy dominantligiga yetaklamoqda, degan fikrlar bildirilmoqda.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotidan kim ko‘p foyda ko‘rayapti? Xitoy Shanxay tashkilotida qolganlarni o‘z aytganiga ko‘ndirayapti, deyayotganlar haqmi? BBC ushbu savolni toshkentlik siyosiy taxlilchi Zabihullo Soipovga berdi.
Dastlab Toshkentda sammitga tayyorgarlik qanday ko‘zga tashlanadi, deb so‘radik.
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBCUZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring































