Tanishtiruv
2011 yilning boshlarida Bi-bi-si Afg'on Milliy Armiyasining to'rt askariga hamroh bo'ldi.
Yoshlari yigirmalar atrofida bo'lgan Fayzulloh, Mirajuddin, Farhod va Mahmudlar o'quv mashqlarni tugatib mamlakat armiyasi safiga qo'shilishlari kerak.
Toliblar tobora kuch to'playotgan va mamlakatda millatlaru qavmlar o'rtasida bo'linish saqlanib qolinayotgan bir pallada bu oson vazifa emas.
Yollash
Afg'on Milliy Armiyasi politsiyadan ko'ra ko'proq obro'ga ega. Ayrim qo'shinlar NATO yordamida bo'lsa ham anchayin mustaqil amaliyotlar o'tkaza oladi.
Ammo harbiylar orasida, ayniqsa zobitlar safidan ketib qolish holatlari hamon ko'pligicha qolmoqda.
Askarlikka yollanganlarning aksariyati savodsiz. Ayrimlari bangi, ba'zilar o'tmishda Toliblar bilan aloqada bo'lishgan...
Armiyaning etnik bo'linishi ham xavotirlarga sababdir. Mamlakatda ko'pchilik sanalgan pashtunlar armiyada etarlicha hozirlikda emas.
Jamloqdagi hayot
Armiyaga yollanganlar Kobul tashqarisidagi jamloqda o'quv mashqlarini o'taydilar. Sharoitlar aksar holatlarda bo'lg'usi askarlarning uylaridagidan yaxshiroq...Elektr energiyasi (barq), issiqlik, TV va yotar joylar bor.

Jang qilishni o'rganish
Armiya batalioni 'kandak' deb ataladi. Har bir kandakda 750 askar bor.Askarlarga ayrim zamonaviy aslahalar beriladi. NATO ularnu mudofaa aslahalari bilan ta'minlagan, ammo ayrim paytlar ular eski kaska ( helmet, temir qalpoq ) kiyib yurishadi.
Eng birlamchi harbiy jang usullaridan tashqari, askarlar yana tekshiruv nuqtalarini tashkil qilish, tungi amaliyotlar va zirhli harbiy mashinalarni qanday uddalashni o'rganadilar.
Boshida xorijiy kuchlar mashqlar uchun ma'sul edi, endilikda armiya o'zini o'zi uddalash harakatida
Bitiruv kuni
Mashqlar tugashi bilan askarlar endi qaerda joylashtirishlari haqida ma'lumot olishadi
Ayrimlarga yana qo'shimcha mashqlar tavsiya etiladi. Ammo Farhod doxil ko'pchilik Helmand kabi qaqshatqich janglar kechadigan viloyatlarga jo'natiladi.
Afg'on armiyasi oyiga 2800 nafar askarga ko'payib, 2011 yil oktyabriga kelib askarlar soni 171600ga etishi kutilmoqda.
Kelajak
Hech kim armiya taraqqiy topganiga shubha qilmaydi. Ammo asosiy muammolar va vazifalar hali oldinda...
Bi-bi-sining Mudofaa masalalarida muxbiriga ko'ra, qanchalar mashqlarni o'tamasin Afg'on armiyasi o'zi xafvsizlikni ta'minlay olarmikan degan savol hamon kun tartibida qolmoqda.
Ammo hozircha, aksar afg'onistonliklar va NATO Fayzulloh, Mirajuddin, Mahmud va Farhod kabi yosh askarlar mamlakat xafvsizligini ta'minlash yo'lida ma'suliyatni o'z zimmalariga oladi deb umid qilmoqda.















