Фоторепортаж: Шундоққина чегаранинг нариги ёғидаги ҳаёт...

    • Author, Ҳабиб Раҳмон Қуёш
    • Role, Афғонистонлик журналист
  • Published

Журналист Ҳабиб Раҳмон Қуёшнинг асосан ўзбеклар яшовчи Афғонистон шимоли бўйлаб фотосаёҳатнома туркумидан сўнгги репортаж. Сиз ҳам томоша қилинг ва шундоққина Ўзбекистон биқинидаги ҳаётдан бохабар бўлинг.

Afg‘onistonning O‘zbekistonga shundoqqina qo‘shni shimoliy Balx viloyati. Ushbu viloyatning Kaldor tumani aholisining soni oltmish kishiga yetib qoladi. Tuman yashovchilaridan aksariyatini turkmanlar tashkil etishadi.
Сурат тагсўзи, Afg‘onistonning O‘zbekistonga shundoqqina qo‘shni shimoliy Balx viloyati. Ushbu viloyatning Kaldor tumani aholisining soni oltmish kishiga yetib qoladi. Tuman yashovchilaridan aksariyatini turkmanlar tashkil etishadi.
Turkman momo bir etak nabiralarini oldiga solib, tuman markaziy kasalxonasiga o‘zini ko‘rsatish uchun kelgan. Ammo markaziy ekaniga qaramay, bu kasalxonada ham ko‘zingiz biror bir ayol shifokorga tushmaydi.
Сурат тагсўзи, Turkman momo bir etak nabiralarini oldiga solib, tuman markaziy kasalxonasiga o‘zini ko‘rsatish uchun kelgan. Ammo markaziy ekaniga qaramay, bu kasalxonada ham ko‘zingiz biror bir ayol shifokorga tushmaydi.
Turkman momo esini tanibdiki, og‘rib qolgudek bo‘lsa, o‘zining shu kasalxonaga kelishini aytadi. Kasalxona xodimlari esa, yillarki, ta‘mir nimaligini bilmagan va hozir yaroqsiz ahvolda bo‘lgan mazkur kasalxona binosining qulab tushishidan xavotirdalar.
Сурат тагсўзи, Turkman momo esini tanibdiki, og‘rib qolgudek bo‘lsa, o‘zining shu kasalxonaga kelishini aytadi. Kasalxona xodimlari esa, yillarki, ta‘mir nimaligini bilmagan va hozir yaroqsiz ahvolda bo‘lgan mazkur kasalxona binosining qulab tushishidan xavotirdalar.
Shundoqqina Amudaryoning etagida joylashgan emasmi, bu tuman ham suv toshqinlaridan tez-tez ziyon chekib turadi. Aholining yerlarini bu kabi toshqinlardan himoya etish uchun mas‘ullar yaqinda oltita to‘siq barpo etishgan. Ungacha har yili yuzlab gektar ekinzorlarni suv yuvib ketgan. Kaldor tumani O‘zbekiston va qo‘shni Tojikiston bilan bevosita chegaradosh.
Сурат тагсўзи, Shundoqqina Amudaryoning etagida joylashgan emasmi, bu tuman ham suv toshqinlaridan tez-tez ziyon chekib turadi. Aholining yerlarini bu kabi toshqinlardan himoya etish uchun mas‘ullar yaqinda oltita to‘siq barpo etishgan. Ungacha har yili yuzlab gektar ekinzorlarni suv yuvib ketgan. Kaldor tumani O‘zbekiston va qo‘shni Tojikiston bilan bevosita chegaradosh.
Kaldor tumanidagi qishloqlardan biri. Har bir qishloq xonadonida ko‘zimiz hech bo‘lmaganda bitta sigirga tushdi.
Сурат тагсўзи, Kaldor tumanidagi qishloqlardan biri. Har bir qishloq xonadonida ko‘zimiz hech bo‘lmaganda bitta sigirga tushdi.
Tumanga sayohatimiz davomida qishloq oqsoqollari va namoyondalari bilan ham suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldik. Ularning aytishlaricha, shu yil aprel oyiga rejalangan prezidentlik va mahalliy kengashlarga saylovlarda faol ishtirok etishmoqchi. Shu tumanning o‘zidan 30 mingga yaqin ovoz chiqarkan.
Сурат тагсўзи, Tumanga sayohatimiz davomida qishloq oqsoqollari va namoyondalari bilan ham suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldik. Ularning aytishlaricha, shu yil aprel oyiga rejalangan prezidentlik va mahalliy kengashlarga saylovlarda faol ishtirok etishmoqchi. Shu tumanning o‘zidan 30 mingga yaqin ovoz chiqarkan.
Kaldor tumanidagi maktablardan biriga ham bordik. Tumanda ja‘mi bir litsey va 17 ta maktab bor ekan. Kaldorlik qizlar hech qachon 12-sinfgacha o‘qishmas ekan.
Сурат тагсўзи, Kaldor tumanidagi maktablardan biriga ham bordik. Tumanda ja‘mi bir litsey va 17 ta maktab bor ekan. Kaldorlik qizlar hech qachon 12-sinfgacha o‘qishmas ekan.
Kaldordagi do‘konlardan biri. Ammo bu yerdagi do‘konlarning aksariyati xuddi shunga o‘xshash shakl va shamoyilda.
Сурат тагсўзи, Kaldordagi do‘konlardan biri. Ammo bu yerdagi do‘konlarning aksariyati xuddi shunga o‘xshash shakl va shamoyilda.
Tuman aholisining katta qismi ekinchilik va chorvachilik orqasidan o‘z tirikchiligini o‘tkazadi.
Сурат тагсўзи, Tuman aholisining katta qismi ekinchilik va chorvachilik orqasidan o‘z tirikchiligini o‘tkazadi.
Kaldor bozori. Shahar markazida joylashgan. Ammo bu yerda ham do‘konlarning kichik-kichik ekaniga ko‘zim tushdi.
Сурат тагсўзи, Kaldor bozori. Shahar markazida joylashgan. Ammo bu yerda ham do‘konlarning kichik-kichik ekaniga ko‘zim tushdi.
Qishda xuddi qoq sahroning o‘rtasida joylashgandek ko‘ringan bu qishloq aholisi o‘zining mehmonnavozligi, mehribonligi va samimiyligi bilan chetdan kelgan kishida iliq taassurot qoldirisharkan.
Сурат тагсўзи, Qishda xuddi qoq sahroning o‘rtasida joylashgandek ko‘ringan bu qishloq aholisi o‘zining mehmonnavozligi, mehribonligi va samimiyligi bilan chetdan kelgan kishida iliq taassurot qoldirisharkan.
Shu o‘rinda ta‘kidlab o‘tish joiz, tuman bizga ancha tinch ko‘rindi. Bir qadar obod. Yo‘llariga mayda tosh to‘kilgan. Elektr ta‘minoti ham uzluksiz. Chiroq o‘chib qolmas ekan. Ammo, shunga qaramay, aholisi nochorlikda kun kechiradi. Tibbiy xizmat va ta‘lim ko‘ngildagidek emas.
Сурат тагсўзи, Shu o‘rinda ta‘kidlab o‘tish joiz, tuman bizga ancha tinch ko‘rindi. Bir qadar obod. Yo‘llariga mayda tosh to‘kilgan. Elektr ta‘minoti ham uzluksiz. Chiroq o‘chib qolmas ekan. Ammo, shunga qaramay, aholisi nochorlikda kun kechiradi. Tibbiy xizmat va ta‘lim ko‘ngildagidek emas.
O‘zbekistondan boshlanuvchi temir yo‘l Hayraton bojxonasi orqali Mozori Sharif shahriga o‘tib ketadi. Temir yo‘lga izma-iz esa, mashinalar bemalol Kaldor tumaniga bora olishadi.
Сурат тагсўзи, O‘zbekistondan boshlanuvchi temir yo‘l Hayraton bojxonasi orqali Mozori Sharif shahriga o‘tib ketadi. Temir yo‘lga izma-iz esa, mashinalar bemalol Kaldor tumaniga bora olishadi.
Bu esa, Afg‘onistonning asosan o‘zbeklar yashovchi Samangon viloyatidagi tarixiy yodgorliklardan biri - Rustam taxtidir.
Сурат тагсўзи, Bu esa, Afg‘onistonning asosan o‘zbeklar yashovchi Samangon viloyatidagi tarixiy yodgorliklardan biri - Rustam taxtidir.
Bu yerga kelgan ziyoratchilar birgina Rustam taxtiga chiqish uchun har qanday xavf-xatarga rozi bo‘lishadi.
Сурат тагсўзи, Bu yerga kelgan ziyoratchilar birgina Rustam taxtiga chiqish uchun har qanday xavf-xatarga rozi bo‘lishadi.
Men va hamkorlarim ham shu jumladan... Bundan avval mahalliy politsiya ma‘murlari ziyoratchilarning og‘irlarini yengil qilish uchun taxtga olib chiquvchi maxsus yo‘l ham tiklashgandi. Ammo hozir u yo‘ldan asar ham yo‘q, olib tashlangan.
Сурат тагсўзи, Men va hamkorlarim ham shu jumladan... Bundan avval mahalliy politsiya ma‘murlari ziyoratchilarning og‘irlarini yengil qilish uchun taxtga olib chiquvchi maxsus yo‘l ham tiklashgandi. Ammo hozir u yo‘ldan asar ham yo‘q, olib tashlangan.
Avvallari Rustam taxtiga mana shu dahliz orqali chiqilgan.
Сурат тагсўзи, Avvallari Rustam taxtiga mana shu dahliz orqali chiqilgan.
Rustam taxti ustidan Samangonning markaziy Oybek shahri kaftdek ko‘zga tashlanib turadi. Bu tarixiy shaharning aksariyat yashovchilari ham o‘zbeklardir. Balx viloyatining yana qator tumanlariga safarimiz esa Tolibon hujumi xavfi tufayli bekor bo'ldi. Tez orada Afghonistonning yana bir qator shimoliy viloyatlariga fotosayohatimizni ham e'tiboringizga havola etishga harakat qilamiz.
Сурат тагсўзи, Rustam taxti ustidan Samangonning markaziy Oybek shahri kaftdek ko‘zga tashlanib turadi. Bu tarixiy shaharning aksariyat yashovchilari ham o‘zbeklardir. Balx viloyatining yana qator tumanlariga safarimiz esa Tolibon hujumi xavfi tufayli bekor bo'ldi. Tez orada Afghonistonning yana bir qator shimoliy viloyatlariga fotosayohatimizni ham e'tiboringizga havola etishga harakat qilamiz.