Moskvada yana bir o‘zbekistonlik o‘ldirib ketilgan

Moskva shimolida O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab o‘ldirilgan. Militsiyadagi manba qotillikda gumon qilinib ikki Rossiya fuqarosi qo‘lga olinganini bildirgan.
So‘nggi uch oy davomida Rossiya poytaxtida kamida uch nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri millatchilar hujumidan halok bo‘lgan.
Rossiya Ichki Ishlar Vazirligidan Bi-bi-siga bildirishlaricha, 15 fevraldan 16 fevralga o‘tar kechasi Moskvaning "Timiryazevskaya" metrosi yaqinida O‘zbekiston fuqarosi pichoqlanib ketilgan.
Bir necha daqiqa o‘tib og‘ir jarohatlangan yigit dunyodan ko‘z yumgan.
Bundan roppa-rosa bir oy avval Moskva shimoliy-sharqida 22 yoshli o‘zbekistonlik muhojirning jasadi topilgandi.
O‘tgan yilning 11 dekabrida Manejnыy maydonida kechgan millatchilar namoyishidan bir necha kun o‘tib yana bir O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab o‘ldirilgadi.
Huquq faollari ushbu qotilliklarning bari millatchilar amalga oshirganini aytishgan.
Inson huquqlari bo‘yicha Moskva byurosi eksperti Semyon Charnыyning aytishicha, Manejnыy voqealari hamda Domodedovo aeroportidagi portlashdan so‘ng Rossiyada millatchilik asosidagi jinoyatlar ko‘paygan.
"Afsuski, irqchilik hujumlari ancha ko‘paygan. Ko‘proq markaziy osiyo fuqarolari milatchilar qurboniga aylanadi. Buning sababi shuki millatchilar qofqozliklarga hujum qilishdan biroz hayiqishadi. Chunki, millatchilar tushunishicha, qofqozliklar qasos olishlari mumkin. Markaziy Osiyo fuqarolari esa - eng himoyasiz, ular ortida hech kim yo‘qligini millatchilar bilishadi," - deydi Semyon Charnыy .
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining Bi-Bi-Siga aytishicha, Rossiya hududida o‘ldirilgan insonning O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlansa, huquq-tartibot idoralari elchixonani xabardor etadi.
O‘zbekiston elchixonasi rasmiy vakiliga ko‘ra, Rossiyada halok bo‘lgan fuqaro jasadini vatanga yuborish va ular yaqinlariga yordam berish ishlari jiddiy ahamiyat beriladi.
Ammo, Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar O‘zbekiston elchixonasining ularning taqdiriga beparvoligidan shikoyat qilib keladilar.
Inson huquqlari bo‘yicha Moskva byurosi tashkilotiga ko‘ra, Rossiya hududida o‘tgan yili 43 kishi millatchilar hujumidan halok bo‘lgan va 300dan oshiq kishi jarohat olgan.
Millatchilik asosidagi jinoyatlarning aksariyati Moskva shahri va viloyatida hamda Sankt-Peterburg, Nijnыy Novgorod shaharlarida sodir etiladi.































