
AQSh prezidenti Barak Obama Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari intihosida dunyoning eng katta musulmon mamlakati va uchinchi yirik demokratiyasi - Indoneziyaga keldi.
Indoneziyada janob Obama ikki mamlakat o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik kelishuvini e‘lon qildi.
Indoneziya prezidenti Susilo Bambang Yodhoyono bilan birga mtabuot anjumanida AQSh prezidenti ikki mamlakat ham xavfsizlik va savdo aloqalarini kuchayishini istaydi, deb aytdi.
Prezident Obamaning Indoneziyaga safari kun tartibiga Janubi-Sharqiy osiyodagi eng yirik "Istiqlol" masjidini borib ko‘rish ham kiritilgan.
Janob Obama bolalik davrining to‘rt yili mobaynida oilasi bilan Indoneziyada yashagan va hamisha o‘z xotirlarini xushnudlik bilan esga oladi. Lekin shunga qaramay Indoneziyada uning safari hammaga ham xush kelmayapti.

Indoyeniziyaning ko‘plab yirik shaharlarida uning safariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar AQShning musulmonlarga qarshi siyosatiga norozilik bildirdilar.
Mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Prezident Obama o‘tib boradigan yo‘llar bo‘ylab qo‘shimcha politsiya va askarlar joylashtirildi.
Indoneziyaning ko‘plab hududlarida avvallari jangarilar hujumlari ro‘y bergani uchun rasmiylar bu kabi hujumlar ehtimolidan ham xavotirdalar.
Mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli janob Obama ikki marotaba safarini ortga surib, Indoneziya rasmiylarini radikal islomchilarga qarshi qat‘iy choralar ko‘rishga da‘vat qilgandi.
Janob Obama safarining kelgusi nuqtalari Janubiy Koreya va Yaponiyadir.