Aholisining baxtli ekanini bilish hukumatlar uchun nimasi bilan muhim?

Published
Ўқилиш вақти: 1 дақ

Ayon bo‘lishicha, Britaniya hukumati o‘z aholisining qanchalar baxtli ekanini bilishga ahd qilibdi.

Yangi britan hukumatining tashabbusi amalga oshsa, Buyuk Britaniya bu kabi tadqiqotni izchil ravishda o‘tkazish niyatida bo‘lgan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi.

Dunyoning qay bir mamlakatini olmang, fuqarolarining iqtisodiy ahvollariga oid rasmiy ko‘rsatkichlar tiqilib yotibdi.

Biroq bu insonlarning qanchalik baxtiyor ekanliklarini kim biladi?

Bu borada rasmiy raqamlar bo‘lmagani uchun ushbu savolga javob berish qiyin, to‘g‘rimi?

Yangi britan hukumati esa, kelasi yildan boshlab ana shu mavhumlikka oydinlik kiritmoqchi.

Ayniqsa, britan Bosh vaziri Devid Kamerun aholining qanchalar baxtli ekanini bilish ishqiga tushib qolibdi.

Bundan tashqari, Frantsiya va Kanada ham bu masalada britanlardan ortda qolish niyatlari yo‘qligini aytishmoqda.

Ularning saflariga yana bir qator iqtisodchi Nobel mukofoti sovrindorlarining qo‘shilganlarini ham aytmaysizmi!

Taniqli iqtisodchilarga ko‘ra, aholining qanchalar baxtli ekani o‘sha davlat iqtisodining haqiqiy taraqqiyotidan darak beradi.

Biroq britan hukumati aholisining baxtli yoki baxtsiz ekanini qanday me‘yorlar asosida aniqlash rejasida ekanini oshkor etayotgani yo‘q.

Ustiga ustak, britan siyosatchilari orasida yangi tashabbusning qanchalik oqilona ekanini savol ostiga olayotgan siyosatchilar ham talaygina.

Ayniqsa, mamlakat byudjetidagi taqchilliklarni qoplash uchun e‘lon qilingan kes-keslar britan aholisining ta‘bini tirriq qilib turgan bir paytda...

Biz O‘zbekistonda turli sohalarda tadqiqotlar olib borib kelayotgan "Ekspert Ishchi guruhi" koordinatori Suhrob Ismoilov bilan bog‘lanib, britan hukumatining tashabbusiga munosabatini so‘radik: