Wikileaks Amerika manfaatlari haqida yozmoqda

Bir necha kundan beri asosan diplomatiya dunyosini larzaga solib turgan Wikileaks sahifasi Amerika tomonidan o‘z milliy manfaatlari uchun hayotiy sanalgan qator inshootlar ro‘yxatini bergan.
2009 yilning fevral oyida AQSh Davlat departamenti diplomatik missiyalariga gazu neft quvurlari doxil, aloqa va transport inshootlari ro‘yxatini bergan.
Buyuk Britaniyadagi bir necha joylar, xususan, aloqa tarmoqlari va Britaniya havo hududlari, mudofaa tizimlari BAE Systems inshootlari ham bu ro‘yxatga kiritilgan.
Bi-bi-sining diplomatiya masalalarida muxbiri Jonatan Markusga ko‘ra, ayni ro‘yxat Wikileaksning hozirga qadar chop etgan eng bahsli hujjatidir.
Boshqa yozishmalarda Wikileaks Yakshanba kuni Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Kevin Rudning u Bosh vazirligi davrida AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton bilan suhbati tafsilotlari oshkor etilgan. Janob Rud Klinton xonimga G‘arb Xitoy bilan muammolar chiqqani holda Pekinga qarshi " kuch ishlatishga " tayyor bo‘lishi kerak deb aytadi.
Qatar Al-Jazira teletarmog‘ini Misrga bir yil uzatmasligi va buning evaziga Prezident Husni Muborak Falastinliklar uchun " bardavom tinchlik yechimi " taqdim qilishi kerakligini aytgan.
Wikileaks shuningdek, Klinton xonimning Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytni jangarilikka qarshi yetarlicha kurashmayotgani uchun tanqid qilganini ham oshkor qilgan. Klinton xonim, Saudiyalik donorlar " dunyo bo‘ylab sunniy terrorchi guruhlarning asosiy moliyaviy dastaklovchilaridir" deb aytgan.

"Terror nishonlari"
Muxbirimizga ko‘ra, Wikileaks oshkor etgan Amerika milliy manfaatlari doirasida sanalgan inshootlarning jug‘rofiy hududi misli ko‘rilmagandir.
G‘arbiy Sibirdagi Nadim gaz quvuri " dunyodagi eng hayotiy muhim gaz inshooti" deb ta‘riflanadi.
Bu Rossiya gazini Ovro‘poga yetkazishning muhim yo‘lidir.
Ayrim holatlarda, dunyodagi ba‘zi dori-darmon inshootlari va yo qon tibbiy mahsulotlari ham global ahamiyatga ega ekani bitilgan.
Ammo muxbirimizga ko‘ra, hamma gap bu inshootlar terrorchilar uchun qanchalar muhimligi haqidagi savoldadir.




























