Baharayndagi noroziliklar mobaynida halok bo‘lgan namoyishchilar dafn marosimida minglab kishilar ishtirok etdi

Namoyishlarda halok bo‘lganlarning dafn marosimi aksilhukumat harkatiga aylandi
Сурат тагсўзи, Namoyishlarda halok bo‘lganlarning dafn marosimi aksilhukumat harkatiga aylandi
Published

Payshanba kuni Bahrayn poytaxti Manamadagi aksilhukumat namoyishchilarini kuch bilan tarqatib yuborish oqibatida o‘ldirilgan to‘rt kishi dafn marosimi hukumatga qarshi norozilikka aylandi.

Birining yoshi elliklarda, ikkinchisining yoshi 20 larda bo‘lgan ikki qurbonning dafn marosimi Sitra qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Bahrayn davlat bayrog‘iga o‘ralgan tobutlar mashinada ko‘chalar bo‘ylab olib o‘tildi.

Olomon "Jinoiy guruhni mahkamaga torting", "Adolat. ozodlik va konstitutsion monarxiya", deya shiorlarni aytib o‘tdi.

Qurbonlardan biri inisining xabar agentliklariga aytishicha, dastlab Bosh vazirning iste‘fosini talab qilgan bo‘lsalar, endilikda qirol oilasining qudratdan ketishini xohlamoqdalar.

Manama markazidagi "Marvarid" maydonini egallab olgan olgan namoyishchilarni xavfsizlik kuchlari kuch bilan tarqatib yuborishlari natijasida yana yuzlab kishilar jarohatlangan.

Hukumat ommaviy yig‘ilishlarni taqiqladi. Lekin juma kuniga hukumatparast kuchlarning namoyishi rejalangan.

Manamaning muhim nuqtalarida tanklar joylashtirilgan.

Ichki Ishlar vaziri qurolli kuchlar askarlari xavfsizlikni ta‘minlash uchun lozim choralar ko‘rishlarini bildirdi.

Muxbirlarga ko‘ra, namoyishchilarni tarqatib yuborish maqsadida harbiylarning ishga solingani Bahraynni boshqarib kelgan sunniy qirol oilasini mamlakat aholisining aksarini tashkil qilgan shialar bilan jiddiy qarama-qarshilikka itardi.

1971 yili Britaniya mustamlakachiligidan mustaqilikka erishgan Bahraynda boshqaruvdagi sunniy qirol oilasi va aksariyatni tashkil etgan shialar o‘rtasida tanglik tez-tez yuz berib turadi.

Manamaning muhim nuqtalarida tanklar joylashtirilgan.

Ichki Ishlar vaziri qurolli kuchlar askarlari xavfsizlikni ta‘minlash uchun lozim choralar ko‘rishlarini bildirdi.

G‘arb davlatlari Bahrayn rasmiylarini sovuqqonlikka va islohotlarni o‘tkazishga chaqirdilar.

Aholisi bir milliondan ham kam bo‘lgan Bahraynda AQSh dengiz kuchlari harbiy bazasi mavjud.