Makkada qatl etilganlarning oilalari nima deydi?

Qatl qilinganlarning oilasining yuzi berkitilgan rasmlari
Published
O'qilish vaqti: 2 daq

Bangladeshlik erkak va ayolning Makkada qatl etilgani haqidagi xabar ularning oilalarini shok holatiga soldi. Anaet Karim Bijoyning aytishicha, u o‘g‘li bilan qatldan bir necha kun oldin telefon orqali gaplashgan, ammo keyinchalik uning qatl etilganini eshitgan.

Qatl etilgan ayolning singlisi bu mudhish xabarni qanday eshitganini so‘zlab berdi. Uning aytishicha, avval singlisining dugonasi qo‘ng‘iroq qilib, "Hech narsa eshitmadingmi?" deb so‘ragan. U bunga "yo‘q" deb javob berganida, dugonasi "Singling endi oramizda yo‘q", degan. Oradan ko‘p o‘tmay, u singlisining qatl etilgani haqidagi videoni yuborgan va bu video keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Singlisining so‘zlariga ko‘ra, marhuma xorijga ketganidan olti oy o‘tib qamoqqa tushgani haqida xabar bergan, ammo nima sababdan hibsga olinganini oila a’zolariga aytmagan.

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi ikki nafar Bangladesh fuqarosi masjid ichida "nojo‘ya harakat" sodir etganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilinganini bildirdi. Biroq rasmiy xabarda bu harakatning mohiyati ochiqlanmadi.

Inson huquqlari tashkilotlari fikricha, so‘nggi yillarda Saudiyada qatllar soni yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Amnesty International ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning o‘zida mamlakatda qariyb 100 kishi qatl etilgan va ularning ko‘pchiligi giyohvandlik jinoyatlari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha hukm qilingan.

Inson huquqlari himoyachilari Saudiya sud tizimida shaffoflik yetishmasligi, ayrim holatlarda chet ellik muhojirlar yetarli huquqiy yordam olmasligidan xavotir bildirib kelmoqda.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Bangladesh nega norozilik bildirmoqda?

Dakka rasmiylari qatllar haqida avvaldan xabardor qilinmaganini ma’lum qildi. Bangladesh hukumati voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot so‘rab Saudiya hukumatiga murojaat qilganini bildirdi.

Bu holat ikki davlat o‘rtasida mehnat migrantlari huquqlari va konsullik himoyasi bo‘yicha savollarni ham kun tartibiga chiqardi. Saudiyada millionlab janubiy osiyolik mehnat muhojirlari ishlaydi va ularning huquqlari muntazam muhokama markazida bo‘lib keladi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Ijtimoiy tarmoqlarda qanday savollar o‘rtaga tashlanmoqda?

Bu voqea O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari o‘rtasida ham bahslarga sabab bo‘ldi. Muhokamalarda asosan uch xil nuqtai nazar kuzatilmoqda.

Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Birinchi guruh foydalanuvchilar Saudiya rasmiylari voqea tafsilotlarini to‘liq ochiqlamaganiga e’tibor qaratmoqda. Ular "nojo‘ya harakat" degan ta’rif ortida nima turgani noma’lum ekani, shu bois jamoatchilik voqeaga xolis baho berishi qiyinligini ta’kidlamoqda.

Ikkinchi guruh esa har bir davlat o‘z qonunlarini mustaqil qo‘llash huquqiga ega ekanini, ayniqsa muqaddas joylarda sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan qattiq jazolar turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Uchinchi nuqtai nazar egalari esa Bangladesh hukumati qatl haqida oldindan ogohlantirilmaganiga urg‘u bermoqda. Ular chet eldagi muhojirlar huquqlari va konsullik xizmati masalalarini muhokama qilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda juftlik "masjid ichida o‘pishgani uchun qatl etilgani" haqidagi da’volar ham keng tarqaldi. Biroq bir nechta faktcheking nashrlari bu da’volarni tasdiqlovchi rasmiy dalillar yo‘qligini bildirgan. Saudiya hukumati faqat "nojo‘ya" yoki "axloqsiz harakat" sodir etilganini ma’lum qilgan, ammo bu harakatning aniq nimadan iborat bo‘lganini ochiqlamagan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim suratlar va videolarning mazkur ish bilan bog‘liq emasligi aniqlangan.

Bu holat voqea haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan sharoitda ijtimoiy tarmoqlarda turli taxmin va mish-mishlar tez tarqalishini yana bir bor ko‘rsatdi.